"Atletiko" PSJ hujumchisiga qiziqmoqda
23 jan 15:23
Yangiliklar
"Atletiko" PSJ hujumchisiga qiziqmoqda
"Atletiko" PSJ hujumchisi Gonsalu Ramushni safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Manba malumotlariga ko'ra, Madrid klubi 24 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgib olgan. "Atletiko"da Ramushni jamoani tark etishi mumkin bo'lgan hujumchi Xulian Alvaresga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Ramush 2024 yil qishdan buyon parijliklar safida to'p tepib kelmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28 o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali hujumchining transfer qiymatini 35 mln evro deb baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar