So’nggi yangiliklar

14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  0 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  2 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  8 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  3 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  7 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  12 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  13 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  32 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13

SHomurodovdan gol, "Milan derbisi" va "Napoli" - "Atalanta" ijrosidagi shou haqida Yangiliklar

SHomurodovdan gol, "Milan derbisi" va "Napoli" - "Atalanta" ijrosidagi shou haqida

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari haqida to'xtalamiz.

"Inter" "Derbi della Madonina"da yirik g'alabaga erishdi

Anchadan buyon "Inter" va "Milan" bir vaqtning o'zida chempionlik uchun kurashmagandi. Bu safar o'zaro bellashuvga bu ikki klub musobaqa etakchilari sifatida etib kelishdi. 5-daqiqadayoq "Inter" o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rganini isbotlab qo'idi. Lukaku qanotda Kessieni dog'da qoldirib, to'pni jarima maydoniga tashlab berdi va Lautaro boshi bilan zarba yo'llab hisobni ochdi.  Keyingi hujumdayoq "Milan" muvozanatni tiklashi mumkin edi, ammo Ernandesning urinishidan keyin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. Umuman olganda "Inter" ham yana gol urishi mumkin edi, Perishich mahoratini ko'rsatib, oldinga o'tdi va yaxshi zarba yo'lladi, biroq Donnarumma ham o'z o'rnida edi.


Tanaffusdan keyingi dastlabki daqiqalarda esa faqat "Milan" hujum qilardi. Xandanovich jamoasini uch bor muqarrar goldan qutqarib qoldi va bazan xatoga yo'l qo'ysa-da, top kiperligini eslatib qo'ydi. "Sen urmasang, senga urishadi" "qoidasi" bu safar ham ishladi. Perishich to'pni Eriksendan qabul qilib, Lautaroga etkazdi. Argentinalik esa yaqin masofadan Donnarumma darvozasini ishg'ol etdi. Oradan yana 9 daqiqa o'tib esa masala uzil-kesil hal bo'ldi, Lukaku markazda to'pni qabul qilib oldi va raqib darvozasi tomon otildi, qulay nuqtaga chiqib borgach, o'ta kuchli zarba bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. "Milan" o'ziga kelishga urinib ko'rdi, lekin amalda bitta ham gol ura olmadi. "Inter" qo'shnisidan 4 ochkoga ilgarilab ketdi va g'oliblik uchun yaqqol nomzodga aylanib oldi. Evrokuboklardan chiqib ketgani jamoa foydasiga ishladi chog'i.


"Yuventus" "Krotone" ustidan oson g'alabaga erishdi

O'yindagi birinchi chinakamiga xavfli vaziyat "akulalar" ijrosida sodir etildi. Di Karmine qanotdan uzatilgan to'pga tovoni bilan zarba berishga urindi, lekin niyatiga etolmadi. Sekin-asta "Yuventus" o'yin tizginini o'z qo'liga oldi, ammo xavfli vaziyatlar deyarli yo'q edi. Kam sonlilaridan birida Kezaning uzatmasidan keyin Remsi boshi bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegdi, oradan yana 2-3 daqiqa o'tib mezbonlar o'z golini urishga muvaffaq bo'lishdi. Aleks Sandro ideal uzatmani amalga oshirdi va havoda muallaq qolgan Ronaldu to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. "Yuventus" yana hujumga otildi va ustunligini mustahkamlashga urindi. Pirlo shogirdlari buning uddasidan chiqishdi. Remsi yana o'sha chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi va Ronaldu ikkinchi bor bosh bilan gol urishni uddaladi.


"Yuventus" bu kecha g'alabani begona qilmasligi oydinlashib ulgurgan bo'lsa-da, jamoa ikkinchi bo'limda ham yorqin o'yin ko'rsatdi. Danilodan to'pni qabul qilgan Sandro jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, lekin biroz noaniq, Krishtianu esa kutilmaganda uzoq masofadan darvozabonni dog'da qorldirishga urinib ko'rdi. Hisob yirik ko'rinish olishini esa Makkeni taminladi. U birinchi harakati bilan to'pni o'ziga o'nglab oldi, ikkinchisi bilan esa qaytarib bo'lmas zarba yo'lladi. SHu tariqa, "Yuventus" uch ochkoga ega bo'ldi, "Krotone" esa chempionatning asosiy autsayderiligicha qolmoqda.


"Napoli" va "Atalanta" "shou" uyushtirib berishdi

Uchrashuvning birinchi bo'limida qiziqarli voqealar u qadar ko'p bo'lmadi. Vaziyatlarning birida Pessinaga qarshi qo'pollik bo'lgandek ko'ringandi, ammo hakam buni etiborsiz qoldi, Gasperini esa jim turolmadi va o'ta "faolligi" sabab chetlatildi. Bo'lim oxirida Maksimovich burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo Gollini ishonchli harakat qildi. Tanaffusga yaqinlasharkanmiz uchrashuv o'ta sokin va hatto zerikarli ruhda davom etardi.


Biroq ikkinchi bo'lim bu o'yindan kutilganlarini ortig'i bilan taqdim etdi. Muriel qanotdan oldinga o'tib borib, to'pni Duvan Sapataga etkazdi va u hisobni ochdi. "Napoli" darhol javob qaytara oldi, Politano qanotdan markazga yorib kirdi va to'pni Zelinskiga etkazdi, Pyotr esa birgina urinishda to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Keyin katta sahnaga yana Muriel chiqdi, u qiyin vaziyatda bo'lishiga qaramay, to'pni Sapataga etkazdi, Duvan o'z navbatida Gosensni ko'rdi va Robin oyog'ini to'g'ri qo'ysa bo'ldi edi. "Napoli" hujumga oshiqdi, lekin o'zi xatoga yo'l qo'ydi. Bakayoko to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va Muriel uni egallab oldi, Maksimovichni dog'da qoldirgan Luis bu safar o'zi zarba yo'lladi va darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi. SHunday bo'lsa-da, "Napoli" taslim bo'lish haqida o'ylamasdi ham, ularga bu borada Gosens yordam berib yubordi. Raqib darvozasiga gol urgan futbolchi o'z darvozasini ham ishg'ol etdi, Politanodan "assist". Tomoshabop o'yinda oxirgi nuqtani baribir "Atalanta" vakillari qo'yishdi. Yana burchak zarbasidan keyin Jimsiti to'pni Romeroga etkazdi va aynan u boshi bilan gol urib, yakuniy hisobni o'rnatdi. G'alaba qozongan "Atalanta" "Napoli"ni quvib o'tdi va 5-pog'onani band etib turibdi.


"Jenoa" va "Verona" - 2:2, SHomurodovdan gol

Har ikki jamoa darhol ishga kirishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Har ikki jamoa bittadan vaziyatga ega bo'ldi, keyingi hujum esa Antonin Barakning faolligi evaziga yuzaga keldi. U qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydonidagi Ilichni to'p bilan taminladi, o'z navbatida Ilich mo'ljalda adashmadi. Ko'p o'tmay Lasanya oradagi farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi, forvard himoyachilar xatosidan keyin birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo oxirida bo'sh qolgan darvozaga to'pni aniq yo'llay olmadi. Undan keyin navbat Zaycga etdi va genuyaliklar yarim himoyachisi ikkita imkoniyatni ko'kka sovurdi. 

Tanaffusdan qaytgach, "griffonlar" tarkibida zaxiradan o'yinga qo'shilgan hamyurtimiz Eldor SHomurodov himoyachi xatosidan unumli foydalandi va ishonchli zarba bilan to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi. Javob tariqasida "Verona" ajoyib hujum tashkil etdi, lekin Lasanya yana gol urolmadi, to'p uning zarbasidan keyin ustunga tegib qaytdi. SHunday bo'lsa-da, "Jenoa"ni ikkinchi o'tkazib yuborilgan goldan hech nima qutqara olmadi. O'yinning 61-daqiqasida Marko Faraoni jamoasini oldinga olib chiqdi. SHundan so'ng o'yin biroz tinchlangandek bo'ldi, "Verona" hisobni saqlab qolish uchun harakat qilar va raqibga ortiqcha imkon qoldirmasdi. O'yin shu tariqa yakunlanadigandek tuyulayotgan bir pallada, qo'shib berilgan daqiqalarda burchak zarbasidan keyin to'p kelib tushgan Badel jarima maydoni tashqarisidan kuchli va muhimi aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. "Jenoa" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda, Eldorni esa muhim gol bilan tabriklasak bo'ladi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика