So’nggi yangiliklar

14:46Қатар Россия билан ўйинда стадион иссиқ бўлмаслигига ишонтирди  1 14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   5 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  10 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  3 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   16 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  20 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  11 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  10 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12

SHin Tae Yong: "O'zbekistonga qarshi o'yinda ham bugungi taktik uslubimizda o'ynaymiz" Yangiliklar

SHin Tae Yong: "O'zbekistonga qarshi o'yinda ham bugungi taktik uslubimizda o'ynaymiz"

U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasida Suriyaga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Indoneziya termasi bosh murabbiyi SHin Tae Yong ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- G'alaba bilan barchani tabriklaymiz, Indoneziya terma jamoasi ancha yaxshi harakat qildi. Suriyalik futbolchilar ham yaxshi raqobat ko'rsatishdi. Ularga o'yin uchun katta rahmat.

- Keyingi uchrashuv O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'ladi. Agar ushbu bahsda Indoneziya termasi g'olib bo'lsa pley-off bosqichiga chiqadi. Bu borada fikrlaringiz?

- Menda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi hech qanday yashirin g'oya yo'q, biz keyingi uchrashuvda ham bugungi taktik uslubimizda o'ynaymiz va O'zbekiston terma jamoasiga katta raqobat ko'rsata olamiz deb o'ylayman.

- O'tgan o'yinni yutqazganingizdan keyin, ruhiyat tushib ketgan edi. O'yinchilaringizning ruhiy tomonlama tiklanishi qanday bo'ldi? Bugun ular juda katta raqobat ko'rsatishdi.

- Birinchi uchrashuvdan so'ng yigitlar ikkinchi uchrashuv juda muhimligini bilishdi va bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi. Fikrimcha futbolchilar hali bor kuchini ishga solishmadi. Biz hali o'yinimizni kamida 50%ga kuchaytira olamiz.

- Ikkinchi taymda Suriya ko'proq hujum qildi va Indoneziya terma jamoasi yaxshi qarshi hujumlar tashkil etolmadi, bunga fikringiz?

- Bizda gol urish imkoniyatlari bor edi, lekin qarshi hujumga o'tish va realizaciya bo'yicha muammolar bor. Ushbu jihatni  kuchaytirishga harakat qilamiz.

- Siz Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiy sifatida, 2017 yil O'zbekiston terma jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazgansiz, o'sha uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi qoniqarli natijaga erisha olmagan edi va jahon chempionati yo'llanmasini qo'ldan boy bergandi. Keyingi uchrashuvda ham O'zbekiston terma jamoasini guruhda qoldirib ketmoqchimiz?

- (kuladi) Men bu erda faqat 2017 yili emas, klub murabbiyi sifatida ham uch marotaba yurtingizda bo'lganman. O'sha vaqtlarda Koreyada ishlar edim, hozir esa Indoneziya terma jamoasida murabbiyman. O'zbekiston kuchli raqib. Ushbu termaning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz va eng ularga qarshi eng kuchli o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz.

- 8 raqamdagi o'yinchingiz markazda juda kuchsiz o'ynadi. Ushbu futbolchi haqida fikr bildirib o'tsangiz.

- Sizning fikringizga qo'shila olmayman, u aslida texnikasi kuchli o'yinchi, biz uni hali yaxshi o'yin namoyish etishiga ishonamiz va iltimos sizlardan bitta o'yinga asoslanib futbolchini baholamaslikni so'ragan bo'lar edim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика