SHifokor: "Pike 6-8 oyni o'tkazib yuborishi mumkin"
23 noy 2020 14:16
Yangiliklar
SHifokor: "Pike 6-8 oyni o'tkazib yuborishi mumkin"
33 yoshli ispaniyalik LaLiga doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. Uning jarohati qisman tizzasining oldi bog'lam qismi va yon tomondagi ichki bog'lamning uchinchi qismi bilan bog'liq. Oldinroq uning 3-5 oyni o'tkazib yuborishi mumkinligi borasida malumotlar berilgandi.
"Bu jiddiy jarohat. Bu erda ikkita muhim jihatni inobatga olish kerak: birinchisi - yon tomondagi ichki bog'lam butunlay sinib ketgan, ikkinchisi xochsimon bog'lam jiddiy zararlangan. Birinchisi bo'lsa ortopedik yo'llar bilan davolasa bo'ladi, ikkisi ham bo'lsa - juda yomon.
Uning safga qaytishi - oldingi xochsimon bog'lamning tiklanishiga bog'liq. Agarda tizzada barqarorlik va chidamlilik bo'lmasa, tiklanish davri 6-8 oygacha cho'zilishi mumkin.
Agarda davolanish faqatgina yon tomondagi bog'lamni tuzatish bilan o'tsa, uch yarim oyda Pikeni safga qaytarsa bo'ladi", - dedi vrach.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar