So’nggi yangiliklar

23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  0 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  6 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  12 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  26 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  11 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1

SHerzod Temirov Paxtakor 2-bo'limni sust boshlaganini charchoq, deya baholadi. Xyuistra buni inkor qildi Yangiliklar

SHerzod Temirov Paxtakor 2-bo'limni sust boshlaganini charchoq, deya baholadi. Xyuistra buni inkor qildi

Superliganing 20-turidan o'rin olgan Paxtakor – Turon (3:1) uchrashuvidan so'ng sherlar jamoasi hujumchisi SHerzod Temirov fikrlarini bildirib o'tdi.

U dastlab o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Bugun «Turon» jamoasi ham o'zining yaxshi jamoa ekanligini ko'rsata oldi. Autsayder degani bu raqib jamoaga bemalol ochko beradi, degani emas. Bugun juda ham qiyin o'yin bo'ldi. 1-bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda 2-3 ta vaziyatdan to'g'ri foydalandik va g'alaba qozondik.

— Nima deb o'ylaysiz, ushbu uchrashuvda «Paxtakor» o'zining maksimal kuchini ko'rsatdimi?

— Andijondan qaytganimizdan so'ng tiklanish qiyin bo'ldi. Endi yana muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilishda davom etamiz.

— «Andijon» bilan o'yindagi mag'lubiyatni tasodif deyish mumkinmi?

— Tasodif? O'sha o'yinda ham vaziyatlar bo'ldi. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. SHuni hisobiga yutqazdik. Ular o'z vaziyatidan foydalanib, g'alaba qozonib ketishdi.

— Ushbu o'yinda «Paxtakor» ikkinchi bo'limni biroz kuchsizroq boshladi va shuning evaziga «Turon» gol urib ketdi...

— Bu charchoq bilan bog'liq.

— CHarchoq bilanmi? Murabbiyning tanaffusdagi ko'rsatmasi qanday edi? Yani himoyaviy o'yin ko'rsatish haqida...

— Yo'q, bizda hech qachon himoyaviy o'yin bo'lmagan. Faqat hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida SHerzod Temirovning fikrlarini xususida «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistradan izoh so'radik.

"«Turon»ning o'zgarishlari bevosita bizning o'yinimiz o'zgarishiga olib keldi. To'liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo'q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo'q. Futbolchilar juda yaxshi holatda", — dedi Xyuistra.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика