So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  5 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

SHerzod Jalilov: "Oliy ligada qolish uchun kurashamiz" Yangiliklar

SHerzod Jalilov: "Oliy ligada qolish uchun kurashamiz"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ayni damda turnir jadvalida 13-pog'onada bormoqda.

Bu yilgi O'zbekiston chempionati oliy liga bahslarida g'alvir suvdan ko'tarilmoqda. "So'g'diyona" klubi futbolchisi SHerzod Jalilov "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor"ga qarshi har doim qiyin o'yin bo'lib kelgan. Navbatdagi turdagi uchrashuv har ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ladi. Biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Kuni kecha O'FF tomonidan qabul qilingan qaror meni o'ylantirib qo'ydi. Keyingi yili 12ta jamoa ishtirok etar ekan. Ayni damda turnir jadvalida biz 13-pog'onadamiz. Bizni ishimiz futbol o'ynash, qolgan narsalarni rahbarlar xal qilishadi. Bu borada biror narsa deyishim qiyin. 

Hozircha boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylamayapman. Qanday jamoa bo'lishidan qatiy nazar oliy ligada to'p tepmoqchiman. To'g'risi, "So'g'diyona"dan ketish haqida o'ylab ko'rmadim. Jamoadoshlarim bilan yig'ilib qolgan 4ta turda g'alaba qozonish kerakligi to'g'risida gaplashib oldik. Agarda yaxshi natija bilan chempionatni yakunlasak, oliy ligada qolishga imkoniyatimiz bo'ladi. Oliy ligada qolish uchun kurashamiz", - deydi "So'g'diyona" futbolchisi SHerzod Jalilov 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика