So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  1 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

SHerzod Fayziev: "Buyog'iga "Loko"ning raqibi kim bo'lishining farqi yo'q" Yangiliklar

SHerzod Fayziev: "Buyog'iga "Loko"ning raqibi kim bo'lishining farqi yo'q"

"Lokomotiv" himoyachisi SHerzod Fayziev OCHL nimchorak final doirasidagi "Al Hilol"ga (2:1) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Butun o'zbek futbol ishqibozlarni xursand qilganimizdan va chorak finalga yo'l olganimizdan bag'oyatda xursandmiz. Jamoamiz o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi. Keyingi o'yinlarda ham muvafaqiyatli odimni davom ettirishni istaymiz. CHorak finalda ham muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz. Barcha futbolchi bu kabi bellashuvlarda gol urishni istaydi. Bugun gol urish menga nasib etgan ekan. Gol urib jamoam g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman.

Har bir jamoa o'z maydonida kuchliroq o'ynaydi. "Al Hilol" o'z uyida kuchli o'ynab, bizga ko'proq tashvish tug'dirgandi. Bugun esa biz o'z muxlislarimiz qarshisida chiroyli o'ynab, g'alabaga erishdik. Menimcha, uchrashuv qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Uchrashuvdagi asosiy vazifamiz gol o'tkazib yubormaslik va raqib darvozasini ishg'ol etish edi. Tanaffusdan so'ng esa hisobni ushlab qolishga katta etibor qaratdik. Umuman bugungi bahsda hujumkor o'ynashni va himoyani unutmagan holda harakatlanishimizni murabbiylar takidlashgandi. Jamoamizdagi muhit alo darajada. Men yangi bo'lishimga qaramasdan "Lokomotiv"ga tezda moslashib, kirishib ketdim. Bu men uchun oson kechdi. Penalti? Menimcha, bu vaziyatda penalti yo'q edi. O'ylaymanki, Osiyoning eng kuchli jamoasi to'sig'idan o'tdik. Buyog'iga raqib kim bo'lishining farqi yo'q", - dedi SHerzod Fayziev.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика