

"Butun o'zbek futbol ishqibozlarni xursand qilganimizdan va chorak finalga yo'l olganimizdan bag'oyatda xursandmiz. Jamoamiz o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi. Keyingi o'yinlarda ham muvafaqiyatli odimni davom ettirishni istaymiz. Chorak finalda ham muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz. Barcha futbolchi bu kabi bellashuvlarda gol urishni istaydi. Bugun gol urish menga nasib etgan ekan. Gol urib jamoam g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman.
Har bir jamoa o'z maydonida kuchliroq o'ynaydi. "Al Hilol" o'z uyida kuchli o'ynab, bizga ko'proq tashvish tug'dirgandi. Bugun esa biz o'z muxlislarimiz qarshisida chiroyli o'ynab, g'alabaga erishdik. Menimcha, uchrashuv qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Uchrashuvdagi asosiy vazifamiz gol o'tkazib yubormaslik va raqib darvozasini ishg'ol etish edi. Tanaffusdan so'ng esa hisobni ushlab qolishga katta e'tibor qaratdik. Umuman bugungi bahsda hujumkor o'ynashni va himoyani unutmagan holda harakatlanishimizni murabbiylar takidlashgandi. Jamoamizdagi muhit a'lo darajada. Men yangi bo'lishimga qaramasdan "Lokomotiv"ga tezda moslashib, kirishib ketdim. Bu men uchun oson kechdi. Penalti? Menimcha, bu vaziyatda penalti yo'q edi. O'ylaymanki, Osiyoning eng kuchli jamoasi to'sig'idan o'tdik. Buyog'iga raqib kim bo'lishining farqi yo'q", - dedi Sherzod Fayziev.



