So’nggi yangiliklar

15:43Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси ОЧЛ ҳал қилувчи финал баҳсини бошқаради  2 15:24Япония терма жамоаси бош мураббийи: "Париж Олимпиадасига қитъа чемпионлари мақомида боришни мақсад қилганмиз"  3 15:20Жасур Жалолиддинов: "Олимпиадага чиқиш ҳақида ҳар куни ўйлардик"  0 15:03Тимур Кападзе Японияга қарши кечадиган финал учрашуви олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  11 14:44Япония ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални қабул қилувчи стадион ўйинга шай!  3 14:25Кападзе, Жалолиддинов ва Япония вакиллари Осиё Кубоги бош соврини билан суратга тушди  3 14:01Про лига. 6-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 13:37"Олимпик" иштирокидаги ўйин қолдирилди, "Пахтакор"нинг ўйини бошқа санага ўзгарди  4 13:12"Реал" ярим ҳимоячиси Саудия Арабистонидан тушган таклифни рад этди  10 12:47"Бавария" хавбеки Евро-2024да ўйнамаслиги мумкин  1 12:20"Тоттенхэм"нинг икки футболчиси мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  0 11:58Германия Чемпионлар Лигасида қўшимча йўлланмани қўлга киритди  11 11:35Футбол мухлислари қалайсиз энди, Парижда музқаймоқ ялайсиз энди!  10 11:15 Ашраф Ҳакими: "ПСЖ ўз имкониятларидан фойдалана олгани йўқ"  1 10:45Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2

SHerzod Esanov: Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz Yangiliklar

SHerzod Esanov: Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz

Andijon klubi Toshkentda Surxonga qarshi uchrashuvda navbatdagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

Ushbu o'yindagi birinchi golni iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Esanov kiritganidan xabaringiz bor. U penaltidan hisobni ochdi va bu uning «Andijon» tarkibidagi debyut goliga aylandi. O'yindan so'ng Esanovga bir qator savollar bilan yuzlandik.

-SHerzod, o'yin sizda qanday taassurot qoldirdi? Siz kutgandek kechdimi?

-Superligada oson raqibning o'zi yo'q. Har bir o'yinga etarli darajada tayyorlanish kerak, deb o'ylayman.

-Uchrashuvda penaltidan gol urdingiz. O'yindan oldin murabbiy sizga penalti tepishingizni aytganmidi? Har xolda sizni penalti tepishingizni ilk bor ko'rdim…

-Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz kim penalti tepishga ishonchi bo'lsa shu tepsin deyishgandi. O'sha vaziyatda jamoamiz sardori Vladimir Bubanya meni oldimga kelib, «SHer o'zingga ishonyapsanmi», dedi va men ha albatta, deya to'pni oldim, gol urdim.

-SHuningdek, «Andijon» tarkibidagi ilk golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?

-Albatta, xursandman. Gollar futbolchini o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi.

-0:3 dan keyin o'yin yakuniga qadar hisob 2:3 ga o'zgardi. Uchrashuv oxirida sizda xadik sezildimi? Nima uchun bunday bo'ldi?

-Oxirgi 15 daqiqa o'yinni raqibga berib qo'ydik. Juda ham bo'sh o'ynadik. Bunga sabab 3 ta gol bilan oldinga o'tib ketganimiz deb o'ylayman. Nima bo'lganda ham g'alaba qozondik. Endi bunday xatolarga yo'l qo'ymaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman, hamma maydonga bor kuchini tashladi.

-«Andijon» dastlabki uchta turda 2 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Bu qoniqarlimi? Fikringiz qanday, start bo'yicha?

-Menimcha, yomon emas. Biz onlayn turnir jadvalida 2-o'rindamiz va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz.

-Keyingi turda «Nasaf»ni qabul qilamiz. Kuchli raqibga qarshi o'yindan nima kutyapsiz va qanday qilib yutsa bo'ladi, deb o'ylaysiz?

-Albatta, murabbiylarmiz tomonidan beriladigan vazifani bajarishga harakat qilamiz. O'z uyimizda muxlislarimizni xursand qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va ishqibozlarimizni yana quvontiramiz, Xudo xohlasa.

«Andijon» matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
18 mar 10:59:37
Хабибулло
Хурматли шахзод исмли обуначи сизни фикризи хурмат киламан. Аммо утган йили Насаф уйида ютказгандаям сафар да дуранг уйнаган анжонники ютолмаган. Насаф узбекистонни энг зур клуби бусаям(гарчи ундаймас) реал еки барсамас насафга караб бошкаларга бахо берманг. Андижон ютади худо хохласа
+1   
18 mar 10:41:15
SHAHZOD
30 chida Nasaf bilan oʻyinda koramiz kim aslida kimligini. Agar yutsela gap yoq gapilaga ishonamiz. A tak nasaf yutishiga ishonoman ming hozir zor formasida bolmasa ham kamanda
+1   
18 mar 09:40:47
Muxammad Ali
Galabalarimiz davomiy bölsin! Olĝa Andijon!
   
18 mar 12:38:46
RADIANT_1
Хабибулло foydalanuvchining fikriga javob berish
Хурматли шахзод исмли обуначи сизни фикризи хурмат киламан. Аммо утган йили Насаф уйида ютказгандаям сафар да дуранг уйнаган анжонники ютолмаган. Насаф узбекистонни энг зур клуби бусаям(гарчи ундаймас) реал еки барсамас насафга караб бошкаларга бахо берманг. Андижон ютади худо хохласа
Hurmatli Habibullo ismli obunachi, sizning fikringizni hurmat qilgan holda, bittagina Nasaf vs Andijon o'zaro o'yin statistakalariga qarab qo'yishingizni so'rardik. Nasaf muxlisiyam [Shaxzot] faktlardan kelib chiqib qaysi jamoa yutishini taxmin qilyapti xolos. O'yindan oldin katta ketmasanglar yaxshi bo'lardi. Nasaf [O'zbekistonning eng yaxshi klubi] hozir o'yini uncha chiqmayotgan bo'lsa ham Andijonni bemalol mag'lub eta oladigan kuchga ega.
   
18 mar 11:28:50
Abdulboyis Karimov
Андижонди галабалари бардавом булсин .Биз мухлислар Хар доим Андижон Билан биргамиз.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика