

Germaniya Bundesligasi UEFA koefficientlari jadvalining kuchli 2 taligidan joy olishni kafolatladi, shuning uchun keyingi mavsumda Germaniyadan Chempionlar Ligasida 5 ta jamoa ishtirok etadi.

Kelasi mavsumdan boshlab Chempionlar Ligasida 32 ta emas, 36 ta jamoa qatnashishi rejalashtirilgan. Endi har bir jamoa sakkiz xil raqibga qarshi sakkizta o'yin o'tkazadi.



