SHerali Babakulov: "Bosqichma-bosqich amalga oshirgan mehnatlarimiz samara bermoqda"
19 avg 2022 13:50
Yangiliklar


SHerali Babakulov: "Bosqichma-bosqich amalga oshirgan mehnatlarimiz samara bermoqda"
Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichidan o'rin olgan "Bam Xatun" uchrashuvidan oldin "So'g'diyona-W" jamoasi bosh murabbiylari SHerali Babakulov matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
"Assalomu alaykum. Avvalambor yurtimizda ayollar futboliga begona bo'lmaganlarni mazkur musobaqa boshlanayotgani bilan tabriklayman. Jamoamiz uchun tarixiy turnir hisoblanadi. Bosqichma-bosqich amalga oshirgan mehnatlarimiz sabab shu darajaga keldik. Bu samara bermoqda. Ertaga bor kuchimizni ishga solib chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi SHerali Babakulov.
"O'zbekistonda ayollar futboliga berilayotgan etibor uchun rahmat aytib qolaman. Bunday musobaqalar biz uchun orzu bo'lib kelgan. Nafaqat jamoamiz, balki O'zbekiston sharafini himoya qilish biz uchun sharaf",- deydi "So'g'diyona-W" futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar