SHensni "Yuve"da qolishi uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak
29 mar 14:08
Yangiliklar
"Yuventus" darvozaboni Voycex SHensni klubda qolib, 2025 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Byankoneri" futbolchini saqlab qolishga tayyor, ammo buning uchun u maoshi kamayishiga rozi bo'lishi darkor. Hozircha tomonlar o'rtasida bu borada kelishuv mavjud emas. Amaldagi kelishuvga ko'ra, polshalik yiliga 6,5 million evro oladi.
SHensni Turin klubida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 33 yoshli posbon joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 12 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar