So’nggi yangiliklar

11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  17 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  15 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7

SHavkat Saidov "Metallurg" bosh direktori etib tayinlandi Yangiliklar

SHavkat Saidov "Metallurg" bosh direktori etib tayinlandi

"El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" futbol akademiyasi majlislar zalida "Metallurg" klubining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

"Unda "Metallurg" vice-prezidenti Dilshod Ahmedov ishtirok etdi. 

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Dilshod Ahmedov klub bosh direktorligiga SHavkat Saidov nomzodi tasdiqlanganligini elon qildi. Bungacha ushbu vazifani bajarib kelgan Roman CHernikovga minnatdorlik bildirilib, endilikda u sport direktori lavozimiga o'tkazilganligi malum qilindi. 

"Metallurg" vice-prezidenti Dilshod Ahmedov eng iqtidorli, ilg'or o'quvchilarni rag'batlantirib borish masalasiga ham alohida to'xtaldi. U shu yilning qishidayoq ikkinchi chorakdan so'ng eng namunali va alochi tarbiyalanuvchilarni Moskva shahriga – etakchi futbol klublari akademiyalariga safarga jo'natish taklifini ilgari surdi. SHuningdek, klub rahbari har yili Madridga 50 nafar tarbiyalanuvchini – "Real" futbol akademiyasiga malaka oshirishga yuborish muddatiga o'zgartirish kiritish masalasini ko'tardi. Kelgusi mavsumdan etiboran Ispaniya safari bahor faslida o'tkazilishiga kelishib olindi. 

Yig'ilish so'ngida "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" futbol akademiyasiga Ispaniyadan kelgan yangi – UEFA pro licenziyasiga ega mutaxassislar tanishtirildi. Koordinator Xesus De La Torre Kuadrado, yo'riqchi yordamchisi Xulian Mexias va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy David Eraslarga yangi kollektivga tez kirishib ketish va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashdek masuliyatli vazifani bajarishda omad va muvaffaqiyat tilandi. SHuning bilan “Metallurg” PFKning kengaytirilgan yig'ilishi o'z ishini yakunladi", – deyiladi Bekobod klubi matbuot xizmati xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика