So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

SHamshod Sarikov: "Bu "Navbahor” “Paxtakor”dan qo'rqadigan oldingi “Navbahor” emas" Yangiliklar

SHamshod Sarikov: "Bu "Navbahor” “Paxtakor”dan qo'rqadigan oldingi “Navbahor” emas"

Xabaringiz bor, 5 fevral kuni O'FA Azizbek Turg'unboev ishi bo'yicha o'z qarorini elon qildi.

Unga ko'ra “Navbahor” vingeri endi yozgacha o'ynay olmasligi malum bo'ldi. Bundan tashqari, “Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov 1 yil muddatga futboldan chetlatildi. “Paxtakor” sport direktori Jafar Irismetov, shuningdek, “Navbahor” vice-prezidenti SHamshod Sarikovlar ham O'FA qaroriga binoan 6 oy muddatga futboldan chetlatilishdi. Biz yuqoridagi masalalar borasida SHamshod Sarikov bilan bog'lanib, undan intervyu oldik. Quyida SHamshod Ergashovichning fikrlari bilan tanishasiz.

“Navbahor” muxlislari nafaqat klubning, balki klub xodimlarining ham taqdiriga befarq emasliklariga yana bir bor amin bo'ldim. O'FAning 5 fevraldagi qaroridan so'ng, namanganlik muxlislar tinimsiz qo'ng'iroqlar qilib, hol-ahvol so'rashmoqda. Kerak bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog'lanib, “Aka, biz siz bilanmiz”, deb dalda berib, qo'llab-quvvatlab turishibdi. Barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Xabarlarga keladigan bo'lsak, O'FAning qarorini biz albatta hurmat qilishimiz lozim. Qarorni to'g'ri deb qabul qildim.

Tan olishimiz kerak, reglamentni buzish kabi xatoliklar bo'lgan. Umid Ahmadjonov to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Bunday ishlar uchun keskin choralar ko'rishni to'g'ri qaror deb bilaman va shunday oqilona choralardan so'ng futbolda o'sish va rivojlanish bo'ladi. Endi bunday holatlarni takrorlamaslik uchun klubdagi bazi xodimlarni almashtiramiz va malakalarini oshiramiz.



Azizbek Turg'unboev haqidagi bugungi gaplardan so'ng bir narsani aytib qo'yishim kerak. Turg'unboev “Navbahor” uchun oxirigacha turib berdi. Muxlislardan iltimosim, futbolchini ayblamasdan, uni qo'llab-quvvatlab turishga chaqirib qolaman. Turg'unboev haqiqiy Namangan farzandi ekanligini, “Navbahor”ni yaxshi ko'rishini va muxlislarni hurmat qilishini hammamizga ko'rsatib berdi. Bu erda hech qanaqasiga Azizbekni aybi bor, deb o'ylamayman.

Futbolchi balki xato qilgandir, lekin uni xato qilishga majbur qilishgan. Bazi muxlislar xavotirga tushib qolishmoqda. SHuni takidlamoqchimanki, “Navbahor”ning orqasida faqat Sarikov degan inson emas, uning Namangan xalqidek jonkuyar millionlab muxlislari turibdi.

Endi men vaqtincha futboldan uzoqda bo'laman. Lekin bir narsani vada qilaman. Nasib qilsa yaqin kunlarda “Navbahor” 4 ta supertransferlarni amalga oshiradi. Bu boradagi ishlarni boshlab qo'ygan edik, yaqinda elon qilinadi. Ushbu transferlarga men o'zim bosh-qosh bo'lmasam ham, men ishongan xodimlar bu ishlarni oxirigacha etkazib qo'yishlariga ishonaman.



Klubdagi rivojlanish aslo to'xtab qolmaydi. Jamoaning hozirgi holati ham yomon emas, lekin chempionlik yo'lida tarkib yana kuchaytiriladi. Klub o'z oldiga qilinadigan ishlar bo'yicha uzoq yillik reja tuzgan va ushbu reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Endi “Navbahor” oldingidek bo'lmaydi. Bundan keyin biz futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolaymiz, yangi yulduzlarni kashf etamiz va ushbu yulduzlar Evropa maydonlarida to'p surishadi. “Navbahor” har tomonlama professional klubga aylantiriladi. Biz izlanishdan to'xtamaymiz va albatta o'zbek futboli rivoji uchun o'z hissamizni qo'shamiz.

Azizbek Turg'unboev haqida yana ikki og'iz. Muxlislardan turli xil mish-mishlarga ishonmasliklarini, Azizbek unday ekan, Azizbek bunday ekan, degan gaplarni gapirmasliklarini so'rab qolaman. CHunki Azizbek yana qaytaraman, haqiqiy mardning ishini qildi. “Navbahor” uchun oxirigacha turib berdi. Bundan keyin ham turib beradi. Biz ham Turg'unboev uchun har doim turib beramiz. Hozir futbolchiga faqat va faqat muxlislarning daldasi kerak. Biz jamoamizning har bir futbolchisini xurmat qilamiz va bu kabi og'ir hollarda ularni yolg'izlatib qo'ymaymiz.

“Navbahor” bu “Paxtakor”dan qo'rqadigan oldingi “Navbahor” emas. Bundan keyin ham “Navbahor”, Sarikovsiz ham “Paxtakor” va boshqa Superliga klublari bilan bo'ladigan har qanday muammolarni o'zi hal qila oladi. Jamoa shu va shunga o'xshash ishlarda aslo bo'sh kelmaydi. Bizning jamoa har doim yuqori maqsadlar uchun kurashishda davom etadi.

Farhod Umaraliev suhbatlashdi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика