SHahzod Ubaydullaevning “SHaxtyor”dagi debyut goli va akrobatik zarbasini tomosha qiling
28 jan 2021 16:10
Yangiliklar


SHahzod Ubaydullaevning “SHaxtyor”dagi debyut goli va akrobatik zarbasini tomosha qiling
Kuni kecha “SHaxtyor” mahalliy “Liva” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Soligorskliklar ushbu bahsda yirik g'alabaga erishdi. O'yinni asosiy tarkibda boshlagan SHahzod Ubaydullaev 11-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi va yangi jamoasidagi dastlabki golini urishga erishdi. Bu goldan biroz oldin Ubaydullaev o'z uslubida akrobatik tarzda ajoyib zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.
"SHaxtyor" – "Liva" (BAA) 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – Ubaydullaev (11, pas – Ivanovich). 2:0 – Darbo (39, pas – Politevich). 3:0 – Podstrelov (65). 4:0 – Makarenko (87, pas – Politevich).
SHaxtyor: CHernik (Belov, 46), Makarenko, Politevich, Xadarkevich, Sotnikov, Korzun (Lickevich, 75), Zabelin, Ivanovich (Kunskiy, 69), Podstrelov, Ubaydullaev (SHindagoridze, 75), Darbo (Begunov, 46).
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar