So’nggi yangiliklar

17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  5 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  2 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  12 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  15

SHahriddin Eshnazarov - Mirjalol Qosimov, "Andijon" muxlislari, Ravshan Haydarov va Erkin Baydullaev haqida Yangiliklar

SHahriddin Eshnazarov - Mirjalol Qosimov, "Andijon" muxlislari, Ravshan Haydarov va Erkin Baydullaev haqida

Bu galgi suhbatdoshimiz “Qizilqum” jamoasi muxlislar klubi sardori, o'zbek futbolining jonkuyarlaridan biri SHahriddin Eshnazarov bo'ladi.

SHahriddin aka bilan uyushtirilgan intervyu ham sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

- SHahriddin aka, yaxshimisiz va hozirda nimalar bilan bandsiz?

- Hozirgi kunda butun xalqimiz singari oilam davrasida uyda qolib, karantin qoidalariga amal qilgan holda ishlarni masofadan olib bormoqdaman.

- SHahriddin aka keling birinchi navbatda futbolga qanday qilib muxlislik qilishni boshlagansiz? Aniqroq qilib aytganda futbolning qaysi jihatlari sizni maftun eta olgan?

- Futbolga qiziqishim bolalik yillarimdayoq boshlangan. Millionlab yosh yigitlar kabi men ham yoshligimdan to'p tepib kucha changitib ulg'aydim. Futbolning meni rom etgan uziga xos jozibadordigi bor, desam yanglishmayman. Men uchun sportning bu turi sanatdek guyo, buni ikki og'iz gap bilan tushuntirish qiyin.

- SHahriddin aka eng birinchi stadiondan tomosha qilgan futbol uchrashuvingizni eslay olasizmi? O'shanda sizning qalbingizda qanday kechinmalar o'tgandi?

- Adashmasam o'shanda 1988 yil edi. 10 yoshli o'spirin edim. U davrda "Zarafshon" futbol klubi bulardi. CHempionatning qaysi turi ekanligi xozir yodimda yuq. Ammo, Navoiyga Samarqandning "Dinamo" klubi jamoamizga qarshi to'p tepish uchun tashrif buyurgandi. O'sha paytda liq to'lgan o'yingohda minglab ishqibozlarning hayqirib jamoani qo'llab-qo'vvatlashini kuzatib futbolning naqadar buyuk kuch ekanligini kurganman. Bu mening qalbimni tulqinlantirib yuborgan.


- Keling SHahriddin aka suhbatimizni aynan siz muxlislik qiluvchi jamoa “Qizilqum” haqidagi savollar bilan davom ettirsak. “Qizilqum” bilamiz Superligani ketma-ket mag'lubiyatlar bilan boshladi va muxlislarning ko'pchiligini ranjitdi. Lekin, sizning boshchiligingizdagi muxlislar klubidagilar bu holatga munosabati qanday?

- Albatta, bu holat biz muxlislarni ranjitmaydi, desam mubolag'a bo'ladi. Ammo, ishontirib aytamanki, biz faqatgina g'alabalar muxlisi emas, jamoaning ishqibozimiz. Har qanday vaziyatda ham "Qizilqum" muxlislari jamoani doim qullab-quvvatlaydi. Hudo xohlasa hali g'alabali uyinlarimiz ko'p bo'lishiga ishonamiz.

- Bilamiz jamoa bilan ko'p yillardan beri birgasiz. "Qizilqum" jamoasi judayam tajribali jamoa. Ammo, nega jamoa kuchlilar qatoriga, xalqaro maydonlar uchun kurash olib bormaydi?

- Savolingiz o'rinli. Biz muxlislarning orzusi ham jamoamizni kuchli uchtalik, chempionlik shohsupasida ko'rishni, xalqaro maydonlardagi ishtiroklarini kuzatishni istaymiz. Har qanday klub ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Bu maqsadlarga erishish uchun jamoa oldidagi muammolarni, shu jumladan, moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yuqorida turuvchi mutassadi tashkilotlar tomonidan etarlicha etibor berilishi talab etiladi.

- Bilamiz, “Qizilqum” jamoasi muxlislari har bir mavsumda o'zi uchun “yoqimtoy” futbolchini kashf etadi. Ushbu futbolchilar yakunda jamoani tark etib muxlislarni ozgina bo'lsada ranjitadi. SHunga qaramay yana yangi iqtidorlar kashf qilinadi. Nima deb o'ylaysiz yangi mavsumda ana shunday nomga, muxlislarning etirofiga sazovor bo'lishga qaysi futbolchini ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Ushbu mavsumda "Qizilqum" futbol klubi ishqibozlari uchun so'zsiz Sunnatullo Abdullajonov mavsum kashfiyoti bo'ladi, desam xato qilmagan bulaman.

- "Qizilqum" jamoasida aynan siz uchun unutib bo'lmas futbolchi kim?

- Men uchun jamoada aynan kimnidir alohida takidlash mushkul. Misol tariqasida aytadigan bo'lsam, klubda ilgari to'p tepgan ajoyib futbolchilardan Jamshid SHohnazarov, hozirda faoliyat ko'rsatayotgan jamoa sardori SHerali Jo'raev va jamoa etakchilaridan Alisher Sanoev kabi bir qator futbolchilarni keltirib o'tishim mumkin. Lekin, ular bilan bir safda maydonda harakat qilayotgan futbolchilarning barchasi klub ravnaqi uchun o'zlarining beqiyos hissalarini qo'shishmoqda. SHu boisdan men men uchun har bir uyinchining qadri bo'lakcha.


- SHahriddin akaning jahon va o'zbek futbolida kumirlari kim?

- Jahon futbolidagi kumirim Devid Bekxem bo'lsa, o'zbek futbolida Mirjalol Qosimovga muxlislik qilganman.

- Bizga o'tgan mavsumlarning birida “Mashal” jamoasi va jamoaning stadioni haqida tanqidiy fikrlaringizni bildirgandingiz. Taqdir ekan bir necha yildan keyin yana shu stadiongga tashrif buyurdingiz. Nima deb o'ylaysiz o'zgarishlar bormi?

- Albatta, o'zgarishlar ko'p. So'nggi tashrifimiz bilan taqqoslaydigan bo'lsak, klub rahbariyati va stadion mamuriyati tomonidan etarlicha etibor berilmoqda hamda ishqibozlar uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan.

- Holis fikringizni bildirasiz degan umiddaman. Hozirda o'zbek futbolida eng yaxshi muxlislarga ega deb qaysi jamoani ko'rsatgan bo'lardingiz va sababi nima?

- Holis fikrimni bildiradigan bo'lsam, "Andijon" jamoasini takidlagan bo'lardim. Sababi, butun vodiy xalqi, shu jumladan Andijon ahlining futbol sevarligi menda o'zgacha taassurot uyg'otgan. Hattoki, klub 2018 yili PRO-ligada to'p tepgan bo'lishiga qaramasdan jamoa muxlislari o'zlarining fidoyiliklari bilan alohida ajralib turishdi.

- SHahriddin aka agarda siz futbol muxlisi emas balki futbolchi bo'lish imkoniyati bo'lganida maydonda qaysi poziciyada harakat qilgan bo'lardingiz?

- Agarda menda shunday imkoniyat vujudga kelganda tayanch yarim himoyachisi poziciyasida o'ynagan bo'lardim.

- Bilasiz, yaqinda olimpiya terma jamoamiz Tailand yashil maydonlarida xalqimiz ishonchini oqlay olmadi. Yarim finaldan biz ortga qaytishga majbur bo'ldik. Nima deb o'ylaysiz jamoaga nima etishmadi? Termamizga barcha sharoitlar yaratib berilgandi. Hattoki, o'zbek taomlari Tailandga etib borgandi. Nima bo'ldi deb o'ylaysiz? Har qalay siz o'sha erda edingiz...

- Futbolda bir naql bor: "Maydon tekis, to'p yumaloq". Aytish joizki, maydonga tushadigan har qanday jamoa ham o'z oldiga yaxshi natija ko'rsatib g'alaba qozonishni maqsad qiladi. Tug'ri, jamoamiz tarkibi har qachongidan kuchli edi. Ammo, takidlaganimdek, hech kim yutqazaman deb harakat qilmaydi. Futbolchilarimiz maydonda bor kuchlarini sarflashdi. Afsuski, yigitlarimizga omad etishmadi deb uylayman.


- O'zinigiz uchun mana shu Osiyo chempionatida kimni kashf eta oldingiz?

- Olimpiya terma jamoamiz safida Aziz G'anievning harakatlari juda yuqori saviyada bo'ldi menimcha.

- Keling yana muxlislik mavzusiga qaytamiz. Nima uchun bizda stadionlarga muxlislar tashrifi kam? Faqatgina futbolimiz tezligiyu yoki terma jamoamizning mag'lubiyatlarini pesh qilishni to'xtatib, stadiongga tashrif buyurishni boshlash vaqti kelmadimikan. Ana shunday tashriflar bilan futbolimizni yuqori saviyaga ko'tarishimiz o'z qo'limizda ekanligini his etish vaqti kelmadimikan?

- Hech kimga sir emas Evropa qolaversa, Jahon futboli ko'p yillik tarixni o'z ichiga qamrab oladi. SHu jumladan muxlislik darajasi ham shu davrlarda rivojlanib borgan, ishqibozlar avlodlar almashinuvi davomida o'z jamoalariga mehr kuyib borishgan. Siz ko'rsatgan sabablarni bahona kilib ko'rsatishdan yiroqman. Lekin, xohlaymizmi, yuqmi o'zbek futboli muxlisligini yangi bosqichga chiqarishda jamoalarning, shu o'rinda milliy terma jamoalarimizning o'yinlarida jozibadorlik va taktik jihatdan o'ziga hos echimlarni vujudga keltirmay turib odamlardan, muxlislardan fidoyilikni talab qilolmaymiz menimcha. Albatta, o'zbek futboli jonkuyar muxlislari ko'p, biroq ularning safini kengaytirish uchun yuqoridagi jihatlarga etibor qaratish lozim deb uylayman.

- Ana shunday mushkul vazifani bajarish uchun, stadionlarga muxlislarni qaytarish uchun sizning jamoangizda qanday yangiliklar amalga oshirilmoqda?

- Ushbu oson bo'lmagan vazifalarni amalga oshirish borasida jamoa o'z oldiga istiqbolli rejalarni tuzib olgan. Klubga yuqori saviyadagi tajribali futbolchilarni jalb qilish bilan bir qatorda mahalliy yosh yigitlarimizga ham alohida etibor berilmoqda. Uylaymanki, yaqin kelajakda sevimli jamoamiz o'yinida tub burilishlar qilib g'alabali xarakatlarimiz bilan ishqibozlarni ko'proq xursand qila olsak, o'yingohlar xam o'z-o'zidan to'la boshlaydi.

- Keling endi xotirangizni sinab ko'ramiz. "Qizilqum" jamoasida Osiyo chempioni bo'lgan qaysi murabbiy faoliyat yuritgan?

- Bu - inson, "Qizilqum" klubini 2012-2013 yillarda boshqargan, 2018 yilgi U23 terma jamoamizni Osiyo chempioni qilgan murabbiy Ravshan Haydarov.


- Siz uchun qaysi biri kuchli futbolchi va aynan nima sababdan? Elguja Grigalashvili va Erkin Baydullaev...

- Men, Erkin Baydullaevni nisbatan kuchli deb hisoblayman. Sababi raqib hujumini eng avval yarim himoya, jumladan, tayanch yarim himoyachisi qarshi oladi hamda jamoasi hujumlarini tashkil etishda dastlabki ishni bajaradi. Qolaversa, ushbu ampula mening sevimli poziciyam hisoblanadi.

- Fikrlar va mulohazalar uchun SHahriddin aka sizga rahmat aytamiz. Taklifimiz rad etmasdan intervyuga rozi bo'lganingiz uchun rahmat aytib qolamiz. Marhamat tilaklar va niyatlar bo'lsa...

- Avvalo sizlarga ham va siz orqali barcha sayt xodimlariga rahmat aytaman. Barchangizning ishlaringizga omad tilab qolaman. Qolaversa barcha yurtdoshlarimizga ayni sinovli kunlarda uyda o'tirib karantin qoidalariga rioya qilishlarini so'rab qolgan bo'lardim. Albatta sog'inchli futbol o'zgacha ko'rinishda qaytishini futbol muxlislariga aytgan bo'lardim. Mana shu kunlarni o'tkazib olgandan keyin barchani yana stadionlarga qaytishini so'rab qolardim.


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика