SHahboz Umarov: "Qozog'istonga kelib kayfiyatim ko'tarildi"
28 iyu 2022 08:41
Yangiliklar
SHahboz Umarov: "Qozog'istonga kelib kayfiyatim ko'tarildi"
O'zbekistonlik futbolchi SHahboz Umarov Qozog'iston chempionatida o'ynashidan xursand.
"Uzoq vaqt o'ynay olmadim, futbolni sog'ingandim. Jarohat sabab bir necha oy o'ynamagan bo'lsam ham mayli edi. Ammo menda jarohat yo'q edi. SHunchaki maydonga tusha olmadim. Qozog'istonga ko'chib o'tdim va kayfiyatim ko'tarildi. Faqat futbol haqida, maydonga tushishim haqida o'ylayman. Bu erda menga oson. Yaqin yarim yil ichida (bu vaqt ichida ijaram muddati tugaydi) faqat futbol va "Ordabasi" haqida o'ylayman.
- BATEga qaytasizmi?
- Albatta. U erda kelasi yil oxirigacha shartnomam bor. Mavsumni "Ordabasi"da o'ynayman. Qishda esa ko'ramiz. Agar borisovliklar meni qaytarmoqchi bo'lsalar gaplashib olamiz.
Fikrlar