So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  13 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

SHahboz Beg'amov: "Ulug'bek Baqoev So'g'diyonani Superligada jon saqlaydigan jamoadan ichki chempionat doirasida top jamoaga aylantirdi" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Ulug'bek Baqoev So'g'diyonani Superligada jon saqlaydigan jamoadan ichki chempionat doirasida top jamoaga aylantirdi"

OFK Kubogi Hududlararo finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvida "So'g'diyona" penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev muxlislarning ko'p sonli tanqidlariga uchradi. Jurnalist SHahboz Beg'amov esa o'z telegram kanalida ushbu vaziyatga munosabat bildirdi.

"Ulug'bek Baqoev «So'g'diyona»ni Superligada jon saqlaydigan jamoadan ichki chempionat doirasida top jamoaga aylantirdi. Jamoa barqaror va muntazam medallar uchun kurashadigan, kubokda final ostonasigacha boradigan va OFK kubogida birinchi urinishidan yarim finalga qadar etib borganini unutmaslik kerak.

Murabbiy sifatidagi falsafa va uslubi bu boshqa masala. Fakt shuki, Baqoev jamoa mentaliteti va prioritetini butkul yangi darajaga olib chiqdi. SHu ko'pchilikka yoqmaydigan futbol uslubi bilan natijalarga erishdi. Futbolda har xil uslub bor va menga ham «So'g'diyona» namoyish qiladigan futbol yoqmaydi, masalan. Lekin bu ish berib, jamoa statusi o'zgardi, Baqoevning uslubi «So'g'diyona»ga natija keltirdi. Buni inkor etish mumkin emas. 

Masalan, Kuper va Katanecning uslubi Baqoevnikidan deyarli farq qilmaydi va men ularni tanqid qilaman. Nega? CHunki ular qurmoqchi bo'layotgan futbol bilan terma jamoamiz natijaga erishishiga ishonmayman. Lekin Baqoevda boshqacha. U «So'g'diyona»da qatorasiga nechanchi yil muvaffaqiyatli ishlab, natija keltirmoqda.

Deylik, Baqoev agarda «Nasaf» yoki «Paxtakor» darajasidagi jamoada ishlab, shu uslubda futbol o'ynab, lekin natijaga erisha olmaganida tanqid asosli bo'lardi, nazarimda. Lekin «So'g'diyona»dagi faoliyatiga natija jihatidan qaralganda, Baqoevni ayovsiz tanqid qilish nohaqlik. 

«So'g'diyona» kecha qanday ediyu, Baqoev kelgach qanday jamoaga aylanganini unutmaslik kerak.

Natija jihatdan qaraganda har bir jamoaga bir xil musobaqadagi ishtiroki uchun ikki xil standartda baho berish noxolislik bo'ladi. 

Uslub u boshqa masala va murabbiy o'z falsafasidan voz kechmaydi hech qachon.

Men Kuper yoki Katanecni tanqid qilganda uslubini o'zgartirsin, deya bo'lmag'ur talabni qo'ymaganman hech qachon. CHunki murabbiy kimningdir fikri bilan futbolga bo'lgan qarashini o'zgartirmaydi. Va shu bois ularning bu uslubi ish berishiga ishonchim bo'lmaganidan ketishini istaganman. Yoki Mourinyu pragmatik uslubidan voz kechdimi? Doim top darajadagi o'yinni ko'rsatadigan, lekin ECHLda muhim pallalarda pand eydigan Pep himoyaviy uslubni qo'llab, jamoa falsafasini o'zgartirganmi?

Taktik gibkiy, qo'l ostidagi ijrochilardan kelib chiqib o'yin uslubini yaratadigan murabbiylar ham bor. Ammo ular juda kamchilik.

Lekin malum uslub va aniq taktikaga tayangan murabbiylar ko'proq va misol uchun Simeone, Kuper, Katanec, Baqoev, Gvardiola yoki Mourinyu yoki yana qator boshqa mutaxassislar ular qatoriga kirmaydi", -deb yozadi SHahboz Beg'amov.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика