So’nggi yangiliklar

20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  0 20:00Суперлига. "Хоразм" - "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  12 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  0 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  2 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  10 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  18 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  6 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0

SHahboz Beg'amov kanali: Niko Kovachga imkoniyat taqdim etiladimi? Yangiliklar

SHahboz Beg'amov kanali: Niko Kovachga imkoniyat taqdim etiladimi?

SHahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida "Bavariya"dagi holat va Niko Kovach istefoga chiqadigan bo'lsa, uning o'rnini kim egallashi mumkinligi haqida to'xtalib o'tdi.

Nemis matbuotidagi reakciyadan kelib chiqilsa, Niko Kovachning o'rindig'i ancha qimirlab qolgandi.

Myonxengladbaxdan uchralgan mag'lubiyat, yana hisobning yirik ko'rinishi va jamoaning o'yinda ehtirossiz o'ynaganini inobatga olsak, istefo rostan ham juda yaqinga o'xshaydi.

To'g'risi, jamoa startni juda yaxshi boshlagandi. Kovach 7 g'alabadan so'ng hech qanday tanqidlar xavfidan qo'rqmay turgandi. Ammo sentyabr oyidagi FIFA kunlaridan so'ng jamoaning o'yini butkul o'zgardi. Bu esa tezda natijalarda ham o'z aksini topdi. Oxirgi marta "SHalke" mag'lub etildi. Keyinchalik "Augsburg" bilan durang, "Gerta"dan uchralgan mag'lubiyat, ECHLda "Ayaks" oldida chora topa olmaslik va bugungi yirik mag'lubiyat barchasini juda tezda izdan chiqarib yubordi.


Nemis matbuotining yozishicha, nafaqat o'yindagi kamchilik yoki natija pasaygani, balki kiyinish xonasidan ham ovozlar chiqib turibdi. Bu esa Kovachni Myunxendagi faoliyatini katta so'roq ostida qoldirmoqda.

Uli Xyoness bugungi mag'lubiyatdan keyin klub kengashi bilan alohida yig'ilish o'tkazishi aniq. Niko Kovach bilan ham maxsus suhbat o'tkazilishiga shubha yo'q. Yuzaga kelgan tanaffus ayni muddao. Har qanday holatda ham bu tanaffusda kerakli qaror qabul qilinishi lozim. O'tgan mavsum ham aynan FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusda Anchelotti Xaynkesga o'zgartirilgandi.

Hozir Kovachni istefoga chiqarish yoki qoldirish borasida yakuniy qaror chiqarmoq lozim. Sentyabr oyidagi terma jamoalar o'yini tufayli bo'lgan tanaffus jamoa o'yinining ritmini buzib qo'ydi. Bu nafaqat birgina "Bavariya"da, umuman terma jamoalarga ko'plab futbolchisi ketadigan aksariyat grandlarda ham ruy berdi. Yaqqol misol "Real" yoki "Barselona".

Hozirgi kunda Evropada faqatgina "Yuventus" engilmas jamoa bo'lib turibdi.

Xo'sh, Kovachni istefoga chiqarilsa o'rniga munosib nomzod topiladimi? Nemis mutaxassislaridan "Leypcig"ning sobiq ustozi Xazzenxyuttl bo'sh. Zinedin Zidan istalgan grandlar uchun short-listga kiritiladigan mutaxassis. Ammo Zizuni Myunxenga kelishiga ishonish biroz qiyin. "Bavariya" bosslari Zizuga jamoani topshirishlari qiyin masala. Ammo uni nomzodlar qatoridan o'chirib bo'lmaydi.

Aslida "Bavariya" kelajak uchun jamoaga Miroslav Klozeni ko'zlayotgandi. Bu yildan boshlab Klozega mustaqil ravishda "Bavariya" yoshlari topshirilgandi. Ammo Uli Xyoness hozirdanoq jamoani Miroga ishonib topshirishi va yana tavakkalga qo'l urishi mushkul ish. Ammo bo'lishi mumkin. Kloze kelajakda "Bavariya"ni boshqarishi mumkin bo'lgan eng ideal nomzod aslida.

Ayni vaqtda bo'sh yurgan Lui van Gaalni olib kelishga myunxenlik bosslar yana jazm etishlari mumkinmi? Lui van Gaal bilan Xyonessning o'zaro munosabatlarini inobatga olsak, ishonish juda qiyin. Ammo jamoa manfaati ko'zlansa, ehtimoliy variantlardan biri. Nafaqaga chiqqan Yupp Xaynkesni yana bezovta qilishmasa kerak har holda. Yupp keragidan ortig'ini berib bo'lgan. SHundoq ham jamoa va ayniqsa Uli Xyoness Yuppdan qarzdor.

Voqealar rivojini erta-indin yanada batafsilroq bilamiz. Bu shunchaki taxmin va ehtimoliy nazariyalar.

Balki Niko Kovachga vaziyatni o'nglash uchun oxirgi imkoniyat taqdim etilishi mumkin. To'g'ri, jamoa sentyabr oyining ikkinchi qismi va oktyabrni dastlabki 10 kunligini juda xunuk o'tkazdi. "Bavariya" agarda ertaga "Leypcig" yutadigan bo'lsa, unda "kuchli beshtalik"dan ham tushib ketadi. "Bavariya"dek jamoa uchun bu haqiqiy inqiroz.

Lekin, bir tomondan bunday voqealar rivojini foydali tarafi borki, jamoa endilikda Bundesligada tez yugurmasdan, terlamasdan o'ynashga haqqi yo'q. Buyog'iga har bir ochko oltinga teng. Bu esa jamoani butun mavsumni yuqori konsentraciya va jiddiy yondoshuvda o'tkazishiga eng muhim omil sifatida xizmat qiladi. "Bavariya"ga har bahor etishmay qoladigan o'yin ritmi, konsentraciya va raqobat ECHLda jamoani optimal formada bo'lishi uchun yaxshigina turtki bo'ladi.

Niko Kovachning yuklamalari, jismoniy holatga juda katta etibori natijasida balki futbolchilarning holati hali joyiga tushmagan bo'lish ehtimolini inkor etib bo'lmaydi.

Kovachning uslubini hali to'liq bilmaymiz, shu boisdan unga yakuniy baho berishga hali biroz erta. Murabbiy jamoani yuqori optimal formaga bahorga qadar ushlab turishni rejalashtirib, kuchni shunga taqsimlab, moslab ishlayotgan bo'lishi mumkin. Jarayon paytida esa uzilish va kamchiliklar uchrashi tabiiy. Ayniqsa FIFA kunlaridagi uzilish Kovachning rejalarini buzib qo'ygani aniq. Balki bu galgi tanaffusda kerakli xulosalar chiqarilib, vaziyat yumshatilishi mumkin.

Yaqin kunlarda esa Myunxendan Kovachga imkoniyat beriladimi yoki masala istefo bilan hal etiladimi, degan savolga javob chiqib qoladi. Kutamiz.


SHahboz Beg'amov - "Telegram"

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика