So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Elit OCHL. 1-tur yakunlari Yangiliklar

Elit OCHL. 1-tur yakunlari

15 sentyabr kuni Elit Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi mavsumiga start berildi.

Bilasiz, ushbu musobaqa jamoalarni Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lgan holda o'tkazilmoqda va har bir mintaqada 12tadan klub ishtirok etyapti. Dastlab 1-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o'tsak.

"Sharja" - "Al Garafa" 4:3
Gollar
: Manaj 60, 90+1, Kamara 62, Koronado 90+10 - Brahimi 33 (pen.), Xoselu 45+4, 73 (pen.)
15.09.2025. Sharja, "Sharja" stadioni. 1,214 tomoshabin
Bosh hakam: Majid Al Shamrani (Saudiya Arabistoni)

"Al Vahda" - "Al Ittihod" 2:1
Gollar:
Kayo 62, Pimenta 90+8 - Bergviyn 21
15.09.2025. Abu Dabi, "Al Nahyan" stadioni. 12,131 tomoshabin
Bosh hakam: Salman Ahmad Falahi (Qatar).

"Al Ahli" - "Nasaf" 4:2
Gollar:
Enzo Miyo 65, 68, Mahrez 90+4, Muhammad Sulaymon 90+15 - Husayn Norchaev 34, 41.
15.09.2025. Jidda, "Qirol Abdulloh" stadioni. 20,666 tomoshabin
Bosh hakam: Ryo Tanimoto (Yaponiya)

"Al Shorta" - "Al Sadd" 1:1
Gollar:
Dominik Mendi 28 - Hassan Al Haydos 62
15.09.2025. Bag'dod, "Al Zavra" stadioni. 16,117 tomoshabin
Bosh hakam: Qasim Matar Al Hatmi (Ummon)

"Shabab Al Ahli" - "Traktor" 1:1
Gollar:
Gilerma Bala 65 - Tomislav Shtrkalj 14
16.09.2025. Dubay, "Rashid" stadioni. 3,010 tomoshabin
Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)

"Al Hilol" - "Al Duhayl" 2:1
Gollar
: Darvin Nunes 57, Teo Ernandes 67 - Adil Boulbina 37
16.09.2025. Ar Riyod. "Kingdom Arena". 18,802 tomoshabin
Bosh hakam: Shon Evans (Avstraliya).




Demak, 1-turning 6ta o'yinidan ikkitasida durang qayd etildi va 4ta bellashuvda mezbonlar zafar quchdi. Ilk turda mehmon jamoadan hech kim g'alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, birinchi turda darvozalarga jami 23ta to'p kiritildi. Quvonarlisi, "Nasaf" hujumchisi Husayn Norchaev o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 12ta klubning barcha natijalari bitta jadvalda hisoblab boriladi va yakunda kuchli 8ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 2-tur uchrashuvlari 29-30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Nasaf" 29 sentyabrda o'z maydonida Saudiyaninng eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Malumot uchun, "Al Hilol" dastlabki turni quyidagi tarkibda o'tkazdi: 37 Yassin Bunu, 87 Hassan Al Tambakti, 8 Ruben Nevesh, 19 Teo Ernandes, 20 Joao Kanselo, 16 Nosir Al Dovsari, 22 Sergey Milinkovich Savich, 4 Yusuf Akchichek, 29 Salim Al Dovsari, 9 Markos Leonardo, 10 Malkom. Zaxiradan tushganlar: 88 Hamad Al Yami, 7 Darvin Nunes, 11 Kayo Sezar, 28 Mohamed Kanno, 78 Ali Lajami.




2-tur juftliklari

29.09.2025. "Nasaf" - "Al Hilol"
29.09.2025. "Al Garafa" - "Al Shorta"
29.09.2025. "Traktor" - "Al Vahda"
29.09.2025. "Al Duhayl" - "Al Ahli"
30.09.2025. "Al Sadd" - "Sharja"
30.09.2025. "Al Ittihod" - "Shabab Al Ahli"


X.Xoliqov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика