Flik: "Bu ikki gol Reshfordga oldinga qadam tashlashga yordam beradi"
19 sen 17:19
Yangiliklar
Flik: "Bu ikki gol Reshfordga oldinga qadam tashlashga yordam beradi"
"Barselona"ning germaniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Nyukasl"ga qarshi ECHL o'yinida dubl qilgan Markus Reshfordning o'yiniga baho berdi.
Flikning aytishicha, u Reshfordning gollaridan ajablanmagan, chunki u Kataloniya klubi mashg'ulotlarida ham xuddi shuni ko'rsatadi. Mutaxassis o'z jamoasida shunday futbolchi borligidan xursand ekanligini takidladi.
"Markus bizga ko'proq hujum variantlarini taqdim etadi. Bu ikki gol haqiqatan ham unga oldinga qadam tashlashga yordam beradi va kelajakka ishonch bag'ishlaydi. Men u uchun juda xursandman", – deya qo'shimcha qildi Flik.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Markus Reshfordning dubli evaziga mehmonda "Nyukasl"dan 2:1 hisobida ustun keldi. U shu yozda "Manchester Yunayted"dan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar