So’nggi yangiliklar

10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  0 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  6 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  1 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  1 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  2 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  7 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  7 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  4

Superliga. "Paxtakor" so'nggi o'rindagi "Sho'rtan" maydonida ochko yo'qotdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" so'nggi o'rindagi "Sho'rtan" maydonida ochko yo'qotdi

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

"Sho'rtan" – "Paxtakor" 0:0

19.09.2025

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Azamov, Aziz Isaqov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Nikita Mustafin

AVAR hakami: Amal Sultonov

Komissar: Shohruh Said

"Sho'rtan": 1.Shohruh Eshbo'taev, 4.Ulug'bek Xudoyberdiev, 6.Odilbek Abdumajidov, 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov (45.G'anisher Qodirov, 82), 10.Temur Mamasidiqov (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 74), 22.Sardor Sadullaev (3.Shohjahon Sultonmurodov, 74), 24.Doniyor Narzullaev (27.Choriyor Tursunqulov, 87), 33.Bekjon Rahmatov (8.Abubakr Rizo Turdialiev, 82), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 70.Mirjalol Jumaev, 76.Islomjon Kenjaboev

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 11.Jasurbek Hakimov, 19.Nuriddin Hasanov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 9.Ibrohim Ibragimov (8.Diyor Xolmatov, 66), 10.Azizbek Turg'unboev (21.Bashar Resan, 78), 11.Igor Sergeev, 15.Hojimat Erkinov (17.Doston Hamdamov, 66), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (18.Bobir Abdixoliqov, 78), 55.Muhammadrasul Abdumajidov

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 20.Dilshod Abdullaev, 77.Dilshod Saitov, 94.Brayan Riaskos

Ogohlantirishlar: Doniyor Narzullaev (36), Hojiakbar Alijonov (44), Muhammadqodir Hamraliev (79), Shohruh Eshbo'taev (90+4)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+6. Abduxoliqovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90+5. Burchak uzatmasi Qodirovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

90+4. Shohruh Eshbo'taev vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90+3. Burchakdan uzatilgan to'pni Eshbo'taev mushti bilan urib yubordi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

88. Qodirov qulay vaziyatda zarba yo'llay olmadi. Bo'riev xavfni bartaraf etdi.

87. "Sho'rtan"da o'zgarish.

82. "Sho'rtan"da ikki o'zgarish.

79. Hamraliev ogohlantirildi.

78. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

74. "Sho'rtan"da ikki o'zgarish.

72. Narzullaevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

70. Sadullaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

69. Sergeevning zarbasini Eshbo'taev egalladi.

66. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

64. "Paxtakor" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

59. Sobirxo'jaevning zarbasini Eshbo'taev qaytardi.

57. Mamasidiqov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

57. Erkinov uzatmasini Eshbo'taev o'ziniki qildi.

49. Mamasidiqovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

46. GOL! Narzullaev hisobni ochdi, biroq hakam ofsayd holatini qayd etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shilmadi. Tanaffus.

45. Alijonovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

44. Alijonov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

43. Zarba! Mamasidiqovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

41. Adhamzoda pasidan so'ng Bo'riev noaniq zarba yo'lladi.

39. Mamasidiqov zarbasidan so'ng Nazarov to'pni ushlab oldi.

38. Adhamzodaning uzatmasini Turg'unboev raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

36. Narzullaev Adhamzodaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

32. Jarimadan uzatilgan to'pga Hamraliev bosh bilan zarba yo'lladi, Eshbo'taev to'pni ushlab oldi.

31. Sobirxo'jaevga qo'pollik ishlatildi.

28. Burchak uzatmasidan so'ng mehmonlar hujumda fol ishlatdi.

23. Sergeevning zarbasidan so'ng Eshbo'taev to'pni egalladi.

21. Burchak uzatmasidan so'ng Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, Xudoyberdiev bosh bilan to'pni qaytardi.

17. Adhamzodaning ajoyib uzatmasiga Sergeev eta olmadi, u ofsaydda ham ekan.

9. Alijonov uzatgan to'pni Eshbo'taev egalladi.

8. Turg'unboev hujumda qo'pollik sodir etdi.

6. Markazda Rahmatovga nisbatan fol ishlatildi.

4. Adhamzoda Ibragimovni oldinga boshladi, ammo sherigi to'pga eta olmadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Sho'rtan" ko'k, "Paxtakor" och kulrang liboslarda o'ynaydi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика