SHadli: "Manchester Yunayted" Keynga qiziqish bildirganida hayron bo'lmadim"
18 may 2015 15:47
Yangiliklar


SHadli: "Manchester Yunayted" Keynga qiziqish bildirganida hayron bo'lmadim"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Nosir SHadli "Manchester Yunayted"ning Garri Keynga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Hayron bo'lmadim, chunki Keyn - juda iqtidorli. Bu mavumda barcha turnirlarda 30tadan ko'p gol urdi, Premer-liga va xalqaro arenada o'zini ko'rsatdi. SHu sababli, unga yirik klublar qiziqish bildirishi odatiy hol. Men Garri uchun qaror qabul qilmayman, u katta yigit va o'zi bir qarorga kela oladi. Keynning "Tottenxem" bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan" - deydi SHadli.

Fikrlar