Seydu Dumbiya: "MYU bilan juda qiziq o'yin bo'ladi"
28 avg 2015 00:10
Yangiliklar


Seydu Dumbiya: "MYU bilan juda qiziq o'yin bo'ladi"
CSKA hujumchisi Seydu Dumbiya ECHL guruh bosqichiga qura tashlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Guruhimizdagi "Manchester Yunayted" jamoasini alohida etirof etgan bo'lardim. Bu jamoa katta nomga ega. Ular bilan bo'ladigan o'yin juda qiziq bo'ladi. "Manchester Yunayted" yuqori darajadagi jamoa sanaladi. Bu o'yinda o'zimni yaxshi taraflama ko'rsatishga harakat qilaman. Qolgan ikkita raqibimiz haqida ko'p narsa ayta olmayman. SHuni aytish mumkinki, bu ikki jamoa ham ancha jiddiy raqib hisoblanadi. Mening fikrim shunaqa: bizda guruhdan chiqish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud. Buning uchun esa qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar