“Sporting” Dumbiya uchun “Roma”ga 4 mln evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017, 01:40
Moskvaning SSKA klubi sobiq hujumchisi Seydu Dumbiya joriy mavsum yakunlanganidan so'ng “Sporting” jamoasining to'laqonli a'zosiga aylanadi.

Hozirda Dumbiya lissabonliklar tarkibida ijara asosida o'ynayapti. Aslida u Rimning “Roma” klubiga tegishli. Portugaliya klubi ivuarlik futbolchini 4 mln. evro evaziga sotib olish huquqiga ega.

Shu tariqa, Seydu mavsum yakunlanganidan so'ng “Sporting” bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan to'laqonli shartnomaga imzo chekadi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola