“Sporting” Seydu Dumbiyani 2 mln evroga sotishga rozi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2018
Lissabonning “Sporting” klubi hujumchisi Seydu Dumbiya tez orada Portugaliyani tark etishga yaqin turibdi.

Ivuarlik 30 yoshli hujumchining agentlari futbolchiga yangi ish joyi izlash bilan band. Lissabonliklar 2 million evro evaziga Dumbiyani qo'yib yuborishga tayyorlar.

Hozirda “Sporting”ga ikkita aniq taklif kelib tushgan. Ispaniyaning “Jirona” klubi Seydu uchun 1,5 million evro taklif qilgan. Saudiya Arabistonining nomi oshkor qilinmagan jamoasi esa futbolchini ijaraga olmoqchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: