"Sevilya" etakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
13 jan 2022 12:10
Yangiliklar
"Sevilya" etakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
"Sevilya" etakchilaridan biri Lukas Okampos Andalusiya klubi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Rahbariyat argentinalik vingerning o'yin darajasidan qoniqmoqda va uni yangi mehnat shartnomasi bilan mukofotlashga tayyor. Amaldagi bitim 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq OAV xabar berilganidek, Okampos bilan shartnoma imzolashga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar