"Sevilya" birinchi imkoniyatdayoq gol urdi" - Arteta
25 okt 2023 15:30
Yangiliklar
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sevilya"ga qarshi (2:1) ECHL 3-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bu erda g'alaba qozonganimizdan juda xursandman. So'nggi 10 yil ichida Evropada hamma ham buni uddalay olmadi, lekin biz buni uddaladik. Menga jamoamiz juda yoqdi, ayniqsa, dastlabki 60-65 daqiqada, chunki o'zimiz xohlagandek o'ynadik.
2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan so'ng uchinchi golni urishimiz kerak edi va buni amalga oshirish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Bir tomondan ular birinchi imkoniyatdayoq gol urishdi, boshqa tomondan ularda tajriba va muvaffaqiyatga erishishga katta ishonch bor edi", – dedi ispaniyalik murabbiy.
"Arsenal" 6 ochko bilan "B" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Kanonirlar" CHempionlar Ligasidagi navbatdagi o'yinini 8 noyabr kuni o'z maydonida "Sevilya"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar