So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Server Jeparov: "Murabbiy bo'lamanmi yoki futbol agentimi, buni vaqt ko'rsatadi" Yangiliklar

Server Jeparov: "Murabbiy bo'lamanmi yoki futbol agentimi, buni vaqt ko'rsatadi"

“Lokomotiv” safida faoliyatini davom ettirib kelayotgan Server Jeparov yaqinda “Darakchi plyus” gazetasining ruscha versiyasiga intervyu berdi.

Osiyoning ikki karra “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Jeparov intervyu davomida futbolga qanday kirib kelgani, oilasi hamda futboldan tashqari hayoti haqida to'xtalib o'tgan.

Quyida mazkur suhbatning qisqaroq shaklda o'zbek tiliga tarjimasini keltirib o'tamiz.

– O'ylashimcha, futbolga qanday kirib kelganingiz ko'pchilikka qiziq tuyuladi. Bu sport turi siz uchun birdaniga birinchi raqamliga aylanganmi?

– Men futbol o'ynashni boshlashdan oldin to'rt yil sport gimnastikasi bilan shug'ullanganman. Gimnastikaga otam olib borgandi, chunki otamning o'zi ham gimnastikachi bo'lgan. Ammo uyimiz stadionga yaqin bo'lgani uchun tez-tez bolalarning to'p tepayotganini kuzatib turardim. To'qqiz yoshga to'lgach, futbol to'garagiga yozildim va shu-shu futbol hayotimning bir qismiga aylandi.

– Zamonaviy futbolchilardan kimlarni o'rnak sifatida ko'rsata olasiz?

– Yoshligimda Alessandro Del Pero, Roberto Badjoning o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. Hozir ham jahonda iqtidorli o'yinchilar ko'p, masalan, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ularning harakatlarini ko'rib, o'zimga nimadir olishga intilaman. Mening ruhiyatimga Messi ko'proq yaqin.

– Darvoqe, Messi haqida. Argentinalik futbolchi Kopa Amerika musobaqasidan so'ng terma jamoadan ketganini malum qilgandi, ammo keyinchalik yana qaytdi. Sizda ham terma jamoamiz jahon chempionatimga chiqa olmagach, shunday holat yuz bergan ekan.

– Odatda futbolchilar g'azabdan, yoki bo'lmasa ehtirosga berilgan holda shu kabi qarorlarni qabul qilishadi. Men hozirgacha rasman terma jamoa bilan xayrlashdim demaganman, lekin avvalgi saralash bosqichidagi omadsizlikdan so'ng chuqur qayg'uga cho'mganim rost. Hayotning katta qismini futbolga berganingdan keyin birdaniga undan voz kechish qiyin.

– Nima uchun aynan yarim himoyachi bo'lgansiz? Darvozabon yoki markaziy hujumchi bo'lishni hech xohlaganmisiz?

– Bilasizmi, oldin chap qanot yarim himoyasida o'ynardim, bolalik paytimda esa hujumda o'ynaganman yoki bo'lmasa darvozada turardim. Bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar bolaning harakatidan kelib chiqib unga amplua tanlashadi. Menga har doim hujum qilish yoqqan, chunki raqib o'yinchilarini aldab o'tgan holda gol urishni yaxshi ko'rardim. O'smirlar terma jamoasida ham chap qanotda o'ynaganman, “Paxtakor”ga o'tgach esa markazda harakat qila boshladim.

– Siz Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya chempionatlarida faoliyat olib borgansiz. Uydan uzoqda bo'lgan paytlarda o'zingizni qanday his qilgansiz?

– Agar Koreya chempionati haqida gapiradigan bo'lsam, u erda odamlarning mentaliteti biznikiga o'xshab ketadi, qolaversa iqlim ham o'xshash. Koreys xalqining mehribonligi tufayli yangi muhitga tezda moslashib ketgandim. U erga men bilan yashashi uchun oilamni ham olib borgandim. O'yin uslubi tomonlama gapiradigan bo'lsam, Koreyada tezkor va kurashlarga boy futbolni maqul ko'rishadi. Saudiya Arabistoni esa juda issiq va futbol o'ynash og'ir. Bu mamlakatda hayot quyosh botgandan so'ng boshlanadi, shu bois menga oson bo'lmagandi.

– Oilangiz haqida gapirib bersangiz.

– Turmush o'rtog'im va bolalarim doim men bilan birga. Ikkinchi qizim tug'ilganida, oradan o'n kun o'tib xotinim yonimga kelgandi. Turmush qurganimizga 11 yil bo'ldi. O'g'lim Raul 9 yoshda, qizlarim Veronika 6, Miya 3 yoshda.

-O'g'lingiz nima bilan shug'ullanadi?

– Raul ham menga o'xshab yoshligidan futbolga qiziqadi. Hozir “Bunyodkor” futbol maktabiga qatnayapti. SHuningdek, uni akrobatikaga ham berdim.

-O'g'lingiz qaysi chiziqda to'p tepishini hal qilib oldimi?

– Raul doim hujumda yoki yarim himoyada o'ynagan. Bir kuni menga qo'ng'iroq qilib maslahat so'radi: dada, yarim himoyachi bo'laymi yoki darvozada turaymi? Yakunda unga darvozabon bo'lish xohishi ko'proq ekanini payqab qoldim. Keyin qo'lqop olib berdim. Menimcha, qaysi chiziqda to'p tepishini o'zi tanlagani maqul, lekin bu hali o'g'limning yakuniy qarori emas.

– Futboldan tashqaridagi hayotingiz qanday kechadi?

– Ko'pincha bo'sh vaqtimni oilam bilan o'tkazaman. Restoranga boramiz, uydagi basseynda cho'milamiz, ota-onamnikiga mehmonga boramiz.

– Futbolchi tugatgach, nima ish qilish haqida o'ylab ko'rdingizmi? Murabbiy bo'lasizmi?

– SHunisi aniqki, keyinchalik ham futbolda qolaman. Murabbiy bo'lamanmi yoki futbol agentimi, buni vaqt ko'rsatadi.

– Murabbiylardan kimni alohida ajratib ko'rsata olasiz?

– Menga ko'proq Xosep Gvardiolaning ish uslubi yoqadi. Uni juda iqtidorli murabbiy deb bilaman.

Mariya Mustafina suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика