Saliba jarohati sabab Millatlar Ligasi final bosqichini o'tkazib yuboradi
22 may 2025 16:02
Yangiliklar
Saliba jarohati sabab Millatlar Ligasi final bosqichini o'tkazib yuboradi
"Arsenal" va Franciya terma jamoasi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba milliy jamoasining Millatlar Ligasidagi muhim o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
London klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchining tizzaosti payida jarohat aniqlangan.
Saliba APLning 37-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi. Birinchi bo'limdayoq futbolchi o'zini noqulay his qildi va tanaffusda almashtirildi. "Arsenal"ning tibbiy jamoasi tiklanish uchun kamida bir necha hafta vaqt ketishini tasdiqladi. Shu tariqa himoyachi Franciya terma jamoasining iyundagi o'yinlarida qatnashmaydi.
Dide Desham shogirdlari 5 iyun kuni "MXP-Arena"da Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Franciyaliklar g'alaba qozonsa, finalda Germaniya-Portugaliya juftligi g'olibi bilan ro'baro' keladi. Final 8 iyun kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar