Sergey Lushan: "Natijadan qoniqdim, o'yindan esa yo'q"
07 avg 2015 22:30
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Natijadan qoniqdim, o'yindan esa yo'q"
Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Bugungi o'yin haqida gapirishni ham istamayman. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng o'yinimiz o'zgarib ketmoqda. Bugun natijadan qoniqdim, o'yinimizdan emas. Javlon Ibrohimovning elka suyagi sindi. Endi ertaga operaciya qilinadi", - deya gap boshladi Sergey Lushan.
- Rustam Ashurmatovni asosiy tarkib futbolchisi desak bo'ladimi yoki Xayrulla Karimov jarohatidan forig' bo'lsa Karimov o'ynaydimi?
- Bizda barcha futbolchilar asosiy tarkib azosi sanaladi. Xayrulla Karimov esa jamoamizja nafaqat futbolchi, balki o'ynovchi murabbiy ham hisoblanadi. Rustam Ashurmatovning hozirgi yoshini inobatga oladigan bo'lsak, uning ko'rsatgan o'yinidan qoniqmoqdaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar