So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  1 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

Sergey Lushan: "Hakam yaqqol penaltini belgilamadi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Hakam yaqqol penaltini belgilamadi"

O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi "Lokomotiv" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.


- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan qutlayman. O'yin yaxshi kechdi. Biz ularga birgina imkoniyat taqdim etdik va bu gol bilan yakunlandi. Dilshod Ahmadaliev bugun o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Men uning o'yinidan 99 foizga qoniqdim. Faqatgina gol bo'lgan vaziyatda etiborni qochirdi. Ahmadaliev endi katta futbol o'ynashni boshlamoqda. Bugun faqatgina o'sha gol sodir etilgan vaziyatda "yoshlik" qilib qo'ydi. Qolgan epizodlar bo'yicha bu futbolchiga etirozim yo'q.

Zaxiradan nega kech foydalandim? Hammasini o'z vaqtida bajardim. Kerak bo'lgan vaqtda o'zgarishlar amalga oshirildi.

"Lokomotiv" O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan sanaladi. Lekin biz bugun ularga hujum qilish imkoniyatini taqdim etmadik. Jamoamiz bugun himoyaviy o'yin uslubidan foydalandi. Birgina xato qimmatga tushdi.

Hujumlarga yakuniy nuqtani qo'yishda sust harakat qildik.

Bugun hakam yaqqol penaltini belgilamadi.

Men shuni ayta olamanki, "Bunyodkor"ning kelajagidan ko'nglim to'q.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика