Sergey Lushan: "CHempionni mag'lub etish ikki karra yoqimli"
12 avg 2015 21:05
Yangiliklar


Sergey Lushan: "CHempionni mag'lub etish ikki karra yoqimli"
"Juda ajoyib o'yin. Agar mavsum davomida shunday o'yinlar ko'p bo'lsa sifat oshardi. "Paxtakor"ga qarshi o'yin doim qiyin o'tadi. CHempionni mag'lub etish ikki karra yoqimli", - deydi Lushan.
- Nima uchun bugun Akrom Komilov zaxirada qoldi?
- Sababi oxirgi ikki o'yinda futbolchi u qadar o'ziga ishonmayotgandi. O'yinni chetdan kuzatish unga foydali bo'lishini o'yladik. Zaxiradan tushib o'zini yaxshi ko'rsatdi. Gol urganidan xursandman.
- Dilshod Jo'raevning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Ajoyib o'ynadi. Barchasi uning o'ziga bog'liq. SHunday o'ynashda davom etsa asosiy tarkib futbolchisi bo'la oladi.
- Birinchi gol o'tkazilgan vaziyat borasida nima deya olasiz?
- U vaziyatda gol bo'lgandi. Futbolchilar shunday deyishdi.
- Akmal SHorahmedovning o'yinida pasayish bor. Unga raqobatchi yo'qmi?
- Jamoamiz g'alabali seriyani davom ettirmoqda. Tarkibni almashtirmayman. Balki yoshlarni almashtirarman, ammo himoyada tajribali futbolchilar bo'lishi kerak.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar