Sergey Kovshov: "CHempionlik va ligada qolish uchun kurash oxirigacha davom etsa kerak"
01 okt 2015 22:38
Yangiliklar


Sergey Kovshov: "CHempionlik va ligada qolish uchun kurash oxirigacha davom etsa kerak"
- O'ylashimcha bugungi o'yin munosib tarzda va jangovor ruhda o'tdi. Har ikki jamoa azolari ham natija uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ochkolarimiz kam bo'lganligi sababli har bir turda ochko olishga intilmoqdamiz. Albatta bugungi uchrashuvda ochko ololmaganimiz alamli bo'ldi. Aslida bizni durang ham qoniqtirardi.Mag'lubiyat emas. Futbolchilarimiz bahsda imkoniyatlarga ega bo'lsalarda gol ura olmaganimiz yaxshi bo'lmadi. SHu jihat bizning salbiy holatimiz bo'ldi. Jamoamiz har qachongidan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Buning o'zi ochko olishimiz uchun kifoya qilmadi. Ligada qolish uchun imkoniyat bor.Oldinda turgan so'nggi turlarda safarda ham o'z maydonimizda ham oson bo'lmagan o'yinlarda maydonga tushamiz.Bir so'z bilan aytganda qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.CHempionlik, ligada qolish uchun davom etayotgan kurash oxirgi turda yakuniga etsa kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar