So’nggi yangiliklar

23:45ЕЧЛ. Нимчорак финал тақвими маълум қилинди  0 23:15Озарбайжон. "Сумқайит" сўнгги дақиқадаги пенальти сабаб мағлуб бўлди  0 22:55"Навбаҳор" назорат ўйинида ғалабага эришди  1 22:35Эрон. Ўткир Юсупов жамоасидан йирик ғалаба  1 22:13"Бунёдкор" Туркияда "Арсенал"ни мағлуб қилди  1 21:50Саудия Арабистони. Легионерларнинг голлари "Ал Аҳли"га ишончли ғалаба тақдим қилди  1 21:25Гвардиола "Ливерпуль" билан ўйин олдидан: "Ҳатто 1:5 ҳисобида мағлуб бўлганимизда ҳам яхши ўйнаганмиз"  5 21:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Иттифоқ" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 20:55Аморим: "Муаммо кўп, ечим йўқ"  4 20:27Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Ростов"га мағлуб бўлди  2 20:05Расман: "Нефтчи"га қўйилган трансфер тақиқи бекор қилинди  8 19:49Бернарду Силва "Манчестер Сити"нинг "Реал"дан учралган мағлубияти сабабларини айтди  8 19:23"Манчестер Юнайтед" "Реал" ва "Барселона" футболчиларига қизиқмоқда  4 18:58"Барселона" Гринвуд учун курашга киришди  5 18:30Стоунз узоқ муддатга сафдан чиқди  16

Sergey Arslanov: "Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik"

O'zbekiston Kubogi 2-turi doirasidagi "Nasaf" – "Surxon" uchrashuvidan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. Birinchi navbatda "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bitta to'p farqi bilan mag'lub bo'ldik. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Afsuski, yagona penalti o'yin natijasini hal qildi. Har doimgi o'yin uslubimizni bugun ham ko'rsata oldik. Bu kubok o'yini. Bugun o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. SHamil Gasanov ham jarohatdan keyin bugun birinchi marta maydonga tushdi. Darvozabonimiz Azizxon Isakov ham jarohatidan tiklanib, rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Bugungi o'yinimiz yaxshi bo'ldi, bog'lamlar ham yaxshi ishladi. Biroq, natija qoniqarli bo'lmadi.

-  Asilbek Jumaev nega o'zgartirdingiz?

- Jumaev kelajagi bor, iqtidorli o'yinchi. O'zgartirishga kelsak, chempionat o'yinlariga qadar tiklanish uchun juda kam vaqt bor. Bizda tiklanish uchun uch kun vaqt bor, bundan tashqari bizni uzoq yo'l kutib turibdi. SHu sabab ham uni biroz asrashni maqsad qildik. 

- "Surxon" jamoasi oldiga ushbu mavsum qanday maqsad qo'yilgan?

- Ko'p beriladigan savol. Maqsadlarimiz ancha yuqori. Jamoamiz yosh, ambiciyalarga ega. Biz ham murabbiy sifatida eng yuqori maqsadlarni ko'zlayapmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика