So’nggi yangiliklar

00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  1 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  2 23:42Бундеслига. "Боруссия Д" - "Боруссия М". Асосий таркиблар маълум!  0 23:34Италия Суперкубоги. "Болонья" - "Интер" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  0 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  2 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  3 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  1 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  7 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  2

Roberto Karlosga Odil Ahmedov va "Real" haqida savol berildi Yangiliklar

Roberto Karlosga Odil Ahmedov va "Real" haqida savol berildi

Futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogiga mehmon sifatida taklif etilgan futbol afsonasi Roberto Karlos matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Savol: O'zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov bilan “Anji”da birga o'ynagansiz. O'sha davrlardan qanday umumiy xotiralar qolgan?


Roberto Karlos: - Iliq xotiralarni yodga tushirgan savolingiz uchun katta rahmat. Odil Ahmedov jamoamizga kelgan paytdayoq uning salohiyatiga amin bo'lganman. Maydonni ko'ra bilishi, o'yinni o'qishi, tashkil etish qobiliyati va aniq to'p uzatishlari bilan yuqori darajadagi futbolchi ekanligini isbotlagan. Odil bilan birga to'p tepish men uchun sharaf bo'lgan. Odil bilan yaxshi do'st, o'rtoq bulib qolganmiz. Kecha futzal uchrashuvini birgalikda o'tirib, tomosha qildik. U bilan yana diydorlashganimdan xursandman.

Superkubokka taklif bois O'zbekistonga keldim. Mamlakatingiz futbolining juda tez, jadal o'sayotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Barchangizni Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabriklayman. Bizni Toshkentga, ajoyib tadbirga taklif etganliklari uchun O'FF rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman.


Savol: - Xabi Alonso boshchiligida “Real” qanchalik yuksak natijalarni qayd eta oladi?


Roberto Karlos: - Men “Real”ning faxriy elchisiman. Ko'p malumot bera olmayman. “Real” katta klub. Hamisha yuksak marralarni ko'zlab, ulkan maqsad sari harakat qiladi. Bu jamoaga har bir mutaxassis har tomonlama tayyor bo'lib keladi. Xabi Alonsoda ham katta ishtiyoq bor. Biz uni qo'llab quvvatlaymiz. Unga ishonamiz.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика