So’nggi yangiliklar

22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  0 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  1 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   7 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  59 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7

Senegalda tug'ilib, 16 yoshida uyidan chiqib ketgan hozir "Yangier"da o'ynayotgan futbolchi bilan suhbat Yangiliklar

Senegalda tug'ilib, 16 yoshida uyidan chiqib ketgan hozir "Yangier"da o'ynayotgan futbolchi bilan suhbat

Davralar oralig'i vaqtida “Yangier-quruvchi” o'z safiga bosniyalik hujumchi Sekuba Diattani qo'shib oldi.

U dastlabki bellashuvini “Zomin” (1:0) klubiga qarshi o'tkazdi. Xo'sh, bu futbolchi jamoamizga qay tariqa kelib qo'shildi. Buni u bilan suhbatda bilib olamiz.

- Sekuba, “Yangier-quruvchi” klubi kelib qo'shilishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Albatta, mening yangi jamoaga o'tishim agentlar orqali amalga oshirildi. Ilgari hech qachon Osiyoda o'ynamaganman. O'zbekistondan taklif tushganidan keyin, o'ylab o'tirmasdan keldim. CHunki bu men uchun yangi chaqiruv hisoblanadi. Faoliyatimning asosiy qismini Evropada o'tkazdim va qachondir Osiyoda ham o'ynab ko'raman degan maqsad bor edi. “Yangier” rahbariyati menga ishonch bildirgani uchun, minnatdorchilik bildiraman.



- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?
- Hozircha men mavsum yakuniga qadar jamoa sharafini himoya qilaman. Barchasi yaxshi bo'lsa, shartnomam muddatini yana uzaytirishim mumkin.

- O'zbekistonga kelishingizdan avval asosan qaysi mamlakatlar jamoalari sharafini himoya qilgansiz?
- Bilasizmi, men asli Senegalda tug'ilganman. Futbolchilik faoliyatimni yaxshi kechishini niyat qilib, 16 yoshimda uyimni tark etganman. Yani, Bosniya mamlakatiga ko'chib kelganman. Aynan shu davlatda futbol akademiyasini yakunladim. 19 yoshimda esa birinchi liga ishtirokchisi bilan professional shartnoma imzoladim. SHundan keyin Bosniya Superligasi klublarida 4 mavsum o'ynadim. Evropa ligasi saralash bahslarida o'zimni sinab ko'rdim. Greciyada 5 yil faoliyatimdan orasida bir mavsum davomida Kipr mamlakatida ham faoliyatimni o'tkazdim. So'nggi mavsumni Greciya quyi ligasida o'ynadim.

- “Yangier” safida Pro liga doirasida nechta gol urishni maqsad qilgansiz?
- Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi (kuladi). Birinchi marotaba bu erga keldim va O'zbekiston futboli haqida malumotga ega emasman. Ilgari Turkiyadagi o'quv-yig'in vaqtida O'zbekiston klubiga qarshi o'ynagaman. Lekin chempionatlar darajasidan bexabarman. Lekin ko'proq gol urgan holda jamoaga yordam bermoqchiman. Rahbariyat va bosh murabbiy ishonchini oqlashga tayyorman.

- Umuman olganda, jamoaning ichki muhiti qanday? Cizga barchasi maqul kelyaptimi?
- Bu borada bizda muammo yo'q. Ko'rib turibmanki, jamoada yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Biz birlashib, bir-birimizni qo'llab o'ynasak, natijalarimiz yanada yaxshi bo'ladi. Futbolchilar va murabbiylar o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan. Bosh murabbiy, yordamchisi va darvozabonlar murabbiyi har bir mashg'ulotlarda astoydil ishlashmoqda. Natijalar ham yaxshi bo'lishiga umid qilaman.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика