So’nggi yangiliklar

18:00МЮ дарвозасига бурчак зарбасидан гол урган футболчи "Арсенал"га керак  0 17:29ОКМК 2025 йилги мавсумда ҳам ўз майдонида ўйнайди  0 17:01"Реал" АПЛда шу ойнинг ўзида МЮ ва "Тоттенхэм"га гол урган 19 ёшли футболчига қизиқмоқда  0 16:36Расман: "Насаф" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  5 16:14"Металлург" академияси ёпиладими? Академия бунга жавоб берди  1 15:53Расман: Егор Кримец - "Сўғдиёна" футболчиси!  5 15:27ЖЧ-2010нинг энг яхши футболчиси Форлан: "Испанияда "Атлетико" рамзини ҳеч қачон ўпмаганим учун танқид қилишарди"  4 14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  5 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  3 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  11 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  5 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   24

"Turon", "Yangier" va "G'ijduvon" Pro ligada qatnashmaydi - O'zPFL Yangiliklar

"Turon", "Yangier" va "G'ijduvon" Pro ligada qatnashmaydi - O'zPFL

Associaciya hamda Liga rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda Pro liganing 2024 yilgi mavsumida ishtirok etuvchi klublar masalasi ko'rib chiqildi.

Bunda jamoalarning 2023 yilgi mavsumdagi ishtiroki to'liq tahil qilindi. SHuningdek, professional futbol klublarining yanvar oyidan boshlangan OFK licenziyalash jarayoni uchun holati muhokama qilindi.

Sir emaski, Liga 2022 yilgi mavsum yakunida musobaqalar o'tkazish reglamentini ikki qismga ajratgandi:

•  Superliga va Proliga reglamenti;

•  Birinchi liga reglamenti.

Bugunga kelib nafaqat Superliga, balki Proliga klublari ham OFK licenziyasiga ega chiqa oladi. Rejaga ko'ra, Superliga va Proliga o'rtasidagi farq faqatgina U-21 jamoasi faoliyati bilangina farqlanishi lozim. Licenziyalash talablaridan kelib chiqib, Liga Pro liganing ayrim jamoalarini so'nggi ikki mavsumdan buyon musobaqaga shartli ravishda qo'shib keladi. Biroq mavsum yakunida berilgan imkoniyatdan oqilona foydalana olmagan jamoa Pro liga bilan xayrlashadi. Jumladan, 2023 yilgi mavsum oldidan "Zomin" hamda "Yangier" jamoalari shunday sabab bilan Pro ligadan tushib qolgandi. Joriy mavsumda "Turon", "Navbahor-farm", "Yunired", "G'ijduvon" jamoalari licenziyalash talablarini bajara olmadi. Sport principlariga ko'ra Birinchilikni peshqadam sifatida yakunlagan "Yangier" esa xuddi avvalgi mavsumda bo'lgani kabi kamchiliklarga yo'l qo'ydi va qatorasiga ikkinchi yil ham Proliga ishtirokchilari safiga qo'shila olmadi.

 

"Yangier quruvchi"

"Yangier quruvchi" 2023 yilgi mavsumni Pro ligada o'tkazishi lozim edi. Biroq licenziyalash talablarini o'z vaqtida bajara olmaganidan kelib chiqib, jamoa Birinchi ligaga tushirildi. Liga qo'ygan talabga ko'ra, "Yangier" mavsum davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarini bartaraf etib borishi hamda Pro liga uchun munosib ekanligini isbotlashi kerak edi. Ammo "Yangier quruvchi" faqatgina sport principiga ko'ra Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Biroq licenziyalash talablarini lozim darajada bajara olmadi.

"Birinchi liga reglamenti”ning 9.2, 9.3, 9.4 va 9.5-bandlari bilan tanishib chiqish orqali "Yangier" jamoasining nima sababdan Pro ligaga qo'yilmayotganini tushunish mumkin. "Yangier quruvchi" jamoasining Pro ligada ishtirok etishdan birlamchi maqsadi professional futbol klubi maqomiga ega chiqish ekanligi Ligaga malum. Yani, klub tasischilari professional futbol klubi uchun berilgan imtiyozdan foydalanishni birlamchi maqsad qilgani holda, futbol infratuzilmasi va faoliyatini belgilangan talablar asosida shakllantirish masalasiga etibor qaratmaydi.

SHuningdek, "Yangier quruvchi" sobiq futbolchisi Sekuba Diatta oldidagi qarzdorlik oqibatida FIFA tomonidan qo'yilgan sankciya yuzasidan hozirga qadar biror amaliy ish amalga oshirmadi. Bu kabi jamoaning Pro ligada ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi.


"G'ijduvon"

Jamoa 2023 yilgi mavsumni Pro ligada shartli ravishda o'tkazishi belgilangan edi. Ammo jamoa licenziyalash talablarini bajarish ustida ishlamadi. Klub Associaciyaning joriy yil 10 yanvar sanasiga qadar barcha qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan qo'ygan talabiga bepisand munosabatda bo'ldi hamda Ligaga hech qanday hujjat taqdim etmadi. SHuningdek:

•  Liga yuridik organi xulosasiga ko'ra, "G'ijduvon" jamoasi tasis hujjatlariga o'zgarish kiritilgan, biroq "Superliga va Pro liga reglamenti" talabidan kelib chiqib, Liga bundan xabardor qilinmagan;

•  Liga musobaqalar o'tkazish bo'limi xulosasiga ko'ra, "G'ijduvon" MyLeague onlayn platformasi bilan ishlash va talab etilgan hujjatlarni taqdim etish masalasi bilan hozirga qadar shug'ullanmagan;

•  Liga licenziyalash bo'limi xulosasiga ko'ra, "G'ijduvon" jamoasi mamuriy boshqaruv tizimi talabga mutlaqo javob bermaydi;

•  Liganing stadionlar bilan ishlash mutaxassislari xulosasiga ko'ra, "G'ijduvon" jamoasi moddiy-texnik bazani rivojlantirish masalasiga etibor qaratmagan va jamoaning bu borada bir necha yillik rejasi mavjud emas.

"G'ijduvon" bilan bog'liq etiborga molik yana bir masala mavjud bo'lib, Liga barcha tafsilotlar to'liq o'rganib chiqilguniga qadar bu haqda malumot taqdim etmaydi. Yuqorida sanalgan holatlarning o'zi jamoaning Pro ligada ishtirok etishiga yo'l qo'ymaslik uchun etarlicha hisoblanadi.


"Yunired"

"Yunired" jamoasi bolalar futboliga etibor qaratayotgani, o'z futbol maktabiga ega ekani, futbol maktabi uchun suniy qoplamali maydon barpo qilayotgani, klub tasischilari o'z hamkorlari bilan xususiy xalqaro universitet tashkil qilib, kelajakda o'z talabalari bilan Liga musobaqalarida ishtirok etishni nazarda tutadigan besh yillik reja asosida faoliyat olib borayotgani sabab shartli ravishda Pro liga ishtirokchisiga aylangandi. Biroq klub kutilmaganda moliyaviy qiyinchiliklar sabab o'z faoliyatini davom ettira olmasligini malum qildi. 

Malumot uchun, futbolga bog'liq bo'lmagan holat tufayli Unired Redbridge universitetni tashkil etish masalasi ortga surildi va o'z-o'zidan talaba yoshlarni futbolga jalb etish rejasi ishdan chiqdi. Bolalar futboli uchun xizmat qilishi ko'zda tutilgan suniy maydon esa Samarqand shahrida ishga tushirildi. Unda klub tasischilari egalik qiluvchi xususiy maktab tarbiyalanuvchilari futbol bilan shug'ullanishda davom etadi.


"Turon"

"Turon" klubda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar sabab Pro ligada ishtirok eta olmasligini, biroq Farg'ona viloyat hokimligi ko'magi bilan Birinchi ligada to'p surishini malum qildi. Ayni vaqtda "Turon" futbol klubi o'tgan davr davomida barpo qilgan infratuzilmani saqlab qolish asosiy vazifa hisoblanadi. Viloyat futbol associaciyasi rahbariyatiga mazkur vazifa topshirilgan.


"Navbahor farm"

"Navbahor farm" jamoasi bir yil avval sport principlari asosida Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Biroq klub rahbariyati tomonidan farm jamoa yuzasidan berilgan kafolat bajarilmadi. "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 14.9-bandidan kelib chiqib, "Navbahor farm" jamoasi Pro liga ishtirokchilari safidan chiqarildi. Yani, "Navbahor" futbol klubining boshqa tashkilotlar hamda o'z rasmiylari oldida mavjud bo'lgan qarzdorligi bunga sabab bo'ldi. Mazkur qaror yanada tushunarli bo'lishi uchun mazkur havolaga o'tish tavsiya etiladi.

Pro liga qatnashchilari va musobaqa formati bir necha daqiqadan keyin taqdim etiladi.


Avvalroq Pro ligada 8 ta jamoa ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика