So’nggi yangiliklar

16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  0 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  3 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  6 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11 11:40"Роналдунинг гол нишонлаши футболдан ташқарига ҳам чиқиб кетди..."  10

Sem Ellardays: “Futbolga nimadir berishimni his qilyapman” Yangiliklar

Sem Ellardays: “Futbolga nimadir berishimni his qilyapman”

“Sanderlend” menejeriga aylangan Sem Ellardays sobiq futbolchi Alan SHirerning “BiBiSi” telekanalida namoyish etiladigan “Football Focus” dasturida savollarga javob qaytardi.


U yaqindagina ish boshlagan jamoasidagi faoliyatiga to'xtaldi.


- Yozda birga o'tirganimizda siz dam olish yaxshi ekanligini aytgandingiz. O'shandan beri nima o'zgardi?

- Taxminan 3 oycha avaal uyda ko'p o'tirib qolganimni his qildim. Holatni o'zgartirishni juda istadim, yana o'yinda paydo bo'lishni xohladim. Menga bosimni his qilish yoqadi. Murabbiylik kunisiz zerikib qoldim.

Futbolga yana nimadir bera olishimni his qildim. Ellis SHort bilan Londondagi uchrashuvdan keyin taklifni qabul qilish to'g'risida uzoq o'ylamadim. Lekin chaqiruvni qabul qilish oson kechmadi. Albatta, bu klub bilan tanishman. Bu erda o'ynaganman, “Sanderlend” ishqibozlarini yaxshi bilaman. Ularda oxirgi yillarda quvonishga arzirli holatlar ko'p bo'lmadi, lekin 38-40 ming atrofida muxlis hamon jamoaga to'liq ishonadi.

- Vazifa siz kutgandan qiyinroq edimi?

-Bunday demagan bo'lardim. Qiyin bo'lishini bilardim. “Sanderlend” bosh murabbiyiga aylanganimda oldinda yana 30 uchrashuv bor edi. Agar ishga kirishsam, bosh tortishga sabab qolmasdi. Jamoa yana oxirgi mavsumlardagi ahvolga tushib qolishini istamasdim: tushib ketmaslik uchun so'nggi 7 bahsdan kamida 4-5 o'yinda g'alabaga erishish shartligi. Bunday bo'lmasligiga harakat qilamiz. Premer-ligada qolishimiz lozim. Biroq buni kafolatlay olmayman. Bor kuchim bilan urinaman, ammo bu mavsum jamoaga avvalgisiga nisbatan oson bo'lmaydi. Menda boshqa klublar bilan bu borada omad kulib boqqan va “Sanderlend” bilan ham shunday holat ro'y beradi deb umid qilaman.

-Klubda nimani o'zgartirish kerak? 9 yilda 9 murabbiy, futbolchilar yomon professional deya olmaymiz. Lekin jamoa qolish uchun hammadan ko'p kurashadi. Nima joyida emas?

-Men shunchaki bosh murabbiy emasman, menejerman. Bu yaxshi boshlanish. Meni bilasiz: klubni to'liq boshqarishim kerak.

-Endi o'yinchilar bilan shartnoma xohishingiz bilan tuziladimi?

-Ha, shunday.

- Transferlar uchun sizga beriladigan pul jamoaning turnir jadvalidagi o'rniga bog'liq bo'ladimi?

-Mana, sizda pul bor, ularni qaerga sarflaysiz? Rejani o'ylab chiqish kerak: o'yinchilarning bozorda mavjudligi, ularning jamoa uchun o'ynash xohishi va qiyinchiliklar bilan kurasha olishi. Futbolchi rostdan yaxshimi? U bunday vazifaga qanday munosabatda bo'ladi? Unga pul etadimi? Yanvarda futbolchilar topishga urinamiz. Hamisha jamoani kuchaytiradigan ijrochilarni qidirish zarur.

-Premer-ligadagi ilk mavsumingiz bo'lgan 1992 yildan beri unda nimalar o'zgardi?

- O'ylashimcha, endi futbolchilar o'z narxlarini yaxshiroq bilishadi.

-Ularni boshqarish qiyinlashib ketdimi?

- Bunday o'ylamayman. Agar futbolchi klubiga sodiq bo'lsa, biz u haqida faqat qayg'urib qolmay, undan bazi narsalarni talab qilishimiz mumkin. Futbolchilar qancha ko'p bo'lsa, ulardan shunchalik ko'p talab qilinadi. Yigitlarga aytaman: biz sizlarni qo'llaymiz, hamma narsa beramiz, sizlar maydonga chiqib, o'z saviyangizni ko'rsating. Har doim yuksalib boring, aks holda kim bo'lsangiz ham o'ynamaysiz.

-5 o'yinda 2 g'alaba qozonildi. Bu o'yinchilardan ko'proq narsa kutsa bo'ladimi?

- Ha. Taxminlarga qaramay, g'alaba qozondik. Ko'pchilik bizdan mag'lubiyat kutgandi. Premer-ligada hech qachon kim yutishini bilmaysan. SHu sababli uni ko'p odam kuzatib boradi.

- Maqsadingiz ligada jon saqlab qolishdir. Ko'proq narsani bajarishni mo'ljallayapsizmi?

- Yo'q, oldimizga boshqa vazifani qo'ya olmaymiz. Sutkada 24 soat va haftada 7 kun jamoa premer-ligada qolishi uchun ishlaymiz va imkon qadar mavsumni yuqoriroq pog'onada tugatishga intilamiz. Bu rejani bajarsak, keyin boshqalariga o'tamiz.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика