So’nggi yangiliklar

14:10Гвардиола фаолиятида қачон танаффус қилишини айтди  0 13:42Япония ОФКни тарк этмоқчи  10 13:19Каннаваро ташриф буюрган оқшомда "Хоразм"нинг 8 ўйинлик ғалабасиз серияси тугаган учрашувдан галерея  0 13:04Рустам Абдуҳамидов: "Ғалаба Каннаварога боғлиқ бўлса, 23 октябрь куни ҳам уни ўйинга таклиф қиламан"  1 12:40"Андижон" собиқ футболчиси: "Жамоада ўзига бўлган ишонч ортиб боряпти"  0 12:09Тер Штеген АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  1 11:59Фабио Каннаваро Ғузор “Марказий” стадионида бўлди  3 11:16"Бунёдкор" 9 йилдан буён Наманганда ғалаба қозона олмаяпти  1 10:52Бенитес мураббийликка қайтишга яқин  0 10:28Янги қарор сабабли мухлислар ЖЧ вақтида АҚШ ҳудудига кира олмасликлари мумкин  4 10:00Ҳусанов биринчи ўринда  9 09:33Sofascore. Жамоаси мағлуб бўлган Ғаниев неча баҳо олди?  1 08:56Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 08:28"Ньюкасл" афсонаси нима учун фаолиятини БААнинг 3-лигасида давом эттиришга қарор қилганини тушунтирди  2 08:00Бруну Фернандеш: "Клубга барқарорлик керак"  5

Saveliy Abramov - Kelajakda Evropada o'ynash orzusi, Vadim Karlenovichga qarindosh emasligi, Moskva klubidan bo'lgan taklif haqida Yangiliklar

Saveliy Abramov - Kelajakda Evropada o'ynash orzusi, Vadim Karlenovichga qarindosh emasligi, Moskva klubidan bo'lgan taklif haqida

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning "Oq-tepa" klubi futbolchisi Saveliy Abramov bilan intervyu tashkil etdik.

Quyida mazkur intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

- Saveliy, futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?
- Futbolga bo'lgan qiziqish bolaligimdan boshlangan. 7-yoshligimda dadam meni "Paxtakor" akademiyasiga olib borganlar. Birinchi murabbiyim - SHuhrat aka Rahmonqulov bo'lib, u kishi menga futboldagi dastlabki saboqlarni berganlar.

- Bugunga qadar qaysi jamoalar safida o'ynagansiz?
- Dastlab "Paxtakor" futbol klubining o'rinbosarlari tarkibida, keyinchalik "Qo'qon-1912" jamoasida, ayni damda "Oq-tepa" safida o'ynayapman.



- O'zbekiston MTJ va "Bunyodkor" futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan familiyangiz bir xil. SHundan kelib, ayrimlar sizni Abramovga qarindosh deb o'ylashi ham mumkin. Bu haqida aniq malumotni o'zingizdan eshitsak...
- Vadim Abramovni hurmat qilaman va nasib bo'lsa O'zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishiga ishonaman. Vadim Abramov bilan chindan ham familiyamiz bir xil, lekin bu shunchaki tasodif, biz qarindosh emasmiz.

- Aytingchi, 2020-yilgi Pro-ligada "Oq-tepa" klubi o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?
- Jamoamiz joriy mavsumda birinchi o'rinni qo'lga kiritib, Superliga yo'llanmasiga ega chiqishni, shuningdek muxlislarga yoqadigan tomoshabop futbol namoyish etishni maqsad qilgan.

- Ayrim manbalarda tarqalgan malumotlarga ko'ra, "Xorazm" jamoasining bir necha yillik murabbiyi Aleksandr Ejov "Oq-tepa" klubida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan ekan...
- Ha, bu to'g'ri. Ayni damda "Oq-tepa"ni Aleksandr Ejov va Alisher SHog'ulomovlar boshqarishmoqda.

- Sizga xorij klublaridan takliflar bo'ladimi?
- Ayni damda menda xorij klublaridan takliflar yo'q. 15-16 yoshligimda "Dinamo" (Moskva) jamoasidan taklif bo'lgan edi.



- Saveliy Abramovning futboldagi maqsadlari qanday?

- Futboldagi maqsadim - kelajakda O'zbekiston terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etish, shuningdek Evropa klublariga yo'l olishdan iborat.

- Intervyu uchun rahmat, kelgusidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

- Taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha o'zbekistonlik futbol ixlosmandlariga, shuningdek "Oq-tepa" klubi muxlislariga omad tilayman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика