Sautgeyt Grilishning "Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng o'sishi haqida gapirdi
12 okt 2021 18:01
Yangiliklar
Sautgeyt Grilishning "Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng o'sishi haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish haqida gapirdi.
"U to'psiz o'yin borasida kuchaydi, ayniqsa "Manchester Siti"ga o'tganidan so'ng. Ikki bosh o'sdi deb ayta olmayman, sababi biz uni oldin ham chaqirganmiz, ammo Jek hozirda mustahkam.
U o'tgan haftada uchta kuchli raqibga qarshi o'yin o'tkazdi va o'yinchilarimiz qancha ko'p bunday musobaqalarda qatnashsa, terma jamoa uchun shuncha yaxshi", - deydi Sautgeyt.
25 yoshli angliyalik "Siti" bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi klubga 118 million evroga tushdi.
Grilish joriy mavsum jamoasi tarkibida APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar