Saudiya Arabistonida erinchoqligi va befarqligi uchun Benzemadan norozilar. Uning mamlakatdan ruxsatsiz chiqib ketishganini aytishmoqda (mutolaa uchun)
01 jan 15:42
Yangiliklar
Saudiya Arabistonida erinchoqligi va befarqligi uchun Benzemadan norozilar. Uning mamlakatdan ruxsatsiz chiqib ketishganini aytishmoqda (mutolaa uchun)
Karim Benzema atrofida garchi Saudiya Arabistoniga borganiga atigi yarim yil bo'lgan bo'lsa-da, u erdan ketishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Vaziyat ayniqsa so'nggi kunlarda keskinlashdi.
Karimni o'zini ishga yuz foiz bermayotgani uchun tanqid qilishmoqda. U instagramini o'chirib tashladi va mamlakatdan ketganga o'xshaydi
"Al Ittihod" 26 dekabrda Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Al Nasr"dan 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Unda portugaliyalik (penaltilardan) va Sadio Mane dubl qayd etishdi, Benzema esa faqatgina assist bilan kifoyalandi.
O'yindan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda hujumchiga tanqidlar yog'dirildi: uni umidlarni oqlamaganida ayblashdi. Francuz bularni eshitish va o'qishni xohlamadi, shunchaki 76 million obunachiga ega instagram sahifasini o'chirib tashladi.
Tvitterdan hali hech narsani o'chirib tashlagani yo'q, ammo u erdagi so'nggi post 5 dekabrda qo'yilgan – u shunchaki ushbu ilovaga kirmayotgan bo'lishi mumkin.
Muxlislarni hattoki 24ta o'yindagi 15+6 ham ishontirolmayapti – uni o'zini ishga yuz foiz bermaslikda ayblashmoqda. Hattoki unga alamli taxallus ham qo'yib olishdi – Ben Hazima ("mag'lubiyatning o'g'li").
Mamlakatning eng taniqli jurnalistlaridan biri Valid Al Faraj "Al Nasr"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hujumchiga "hujum qildi": "Muxlislar va Benzema o'rtasidagi masofa kundan-kunga o'smoqda. U hech bir o'yinda farqni yuzaga keltirmadi va umuman harakat ham qilmadi. U huddi ommaga "Men bu erda shunchaki dam olyapman" degandek gap qilyapti. Ronaldu kelganda o'ynashni xohlashini ko'rsatdi, Benzema esa hech narsa qilmayapti, huddi jamoa unga yoqmagandek. U o'zini qulay his qilmayapti, buning sabablarini bilmayman".
So'nggi mag'lubiyat hammasini buzib yuborganga o'xshaydi: Al-Riyadiya'ning malumotiga ko'ra, francuz Jiddani tark etgan va bir nechta mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan. Murabbiy Marselo Galyardo vaziyatni izohlamagan.
Al-Riyadiya'da tafsilotlar ko'proq: ularning manbasiga ko'ra, Benzema sababsiz ketib qolgan va hattoki uning klub ixtiyoriga qaytish yoki qaytmasligi nomalum. Ispaniyaning Marca nashri Karimning atrofidagi insonlar orqali sababni bayon qilgan: "Al Ittihod" oyog'idagi jarohat sabab unga uchib ketishga ruxsat bergan.
Benzema bir yarim oy oldin bu erda baxtli ekanligini tan olgandi:
"Bu erda bo'lishdan, sportni sevadigan insonlar orasida bo'lishdan juda ham baxtliman. Men Saudiya Arabistoni Qirolligiga shunchaki futbol o'ynash uchun emas, balki ulkan darajadagi sport loyihasi uchun keldim. Mamlakatga kelganimda "Al Ittihod" muxlislarining ko'rsatgan sevgisi va samimiy kutib olishi juda hayron qoldirdi. Ular nafaqat mehribon, balki hissiyotlarga to'la, ular bizni ishtiyoq bilan ilhomlantirishadi, biz futbolchilar esa ularni xursand qilish uchun barchasini qilamiz. Saudiya Arabistoni – mening ikkinchi vatanim va bu erdagi insonlar ajoyib, ular futbolni sevishadi va zavqga to'lalar".
Hujumchi "Al Tai"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi (qaydnomaga kirmadi), ammo o'yinni ko'chirishdi: "Al Ittihod" Xailga yomon ob-havo sabab uchib keta olmadi. Yangi sana – 2024 yilning 7 fevrali.
Bu Benzemaning Saudiya Arabistonidagi birinchi mojarosi emas. Bunga qadar Nunu bilan janjallashgan va murabbiyni olib tashlashgan
"Al Ittihod" 2023 yilning noyabrida Nunu Eshpiritu Santuni istefoga chiqardi, bunga asosiy sabablardan biri hozirgidek Karim bilan bo'lgan kelishmovchilik. O'shanda forvardni erinchoqlikda va jamoa o'yiniga tushib ketishdagi qiyinchilikda ayblashgan.
Nunu va Benzema o'rtasidagi og'ir munosabatlar haqidagi mish-mishlar avgust oyi oxiridayoq tarqab ketgandi: o'shanda Saudiyaning Asharq Al-Awsat nashri shunday yozgandi: portugaliyalik murabbiy rahbariyatga Karim uning taktik uslubiga mos tushmasligini xabar qilgandi. Malum bo'lishicha, Nunu boshidan forvard bilan shartnoma imzolashni so'ramagan.
Benzemaning ham jahli chiqdi – u darhol "Al Ittihod" sardori bo'lishni rejalashtirgandi, ammo Nunu bunga qarshilik ko'rsatgan. Forvard o'zini noqulay his qilgan, u murabbiy o'zini noprofessional tutmoqda deb hisoblagan. O'yinchi murabbiy chetlatilishidan bir necha hafta oldin "Al Ittihod" rahbariyatiga Nunu bosh murabbiylik kursisida "tashkiliy jarayonga halaqit bermoqda" degan.
Murabbiy mish-mishlarni rad etgan: "Bitta narsaga oydinlik kiritmoqchiman. Matbuotda mening Karim bilan munosabatlarimni unchalik yaxshimas deb o'qidim. Meni bilganlar bu butkul yolg'onligini tushunishadi". Ammo, noyabrda bularning barchasi tasdiqlandi.
So'nggi tomchi Osiyo CHL doirasida Iroqning "Al Quva" jamoasidan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyat bo'ldi. Benzema va Nunu o'yin tanaffusida janjallashib qolishdi:
– Sen ajoyib o'yinchisan, ammo raqibni pressing qilishga erinayotganga o'xshaysan.
– Faqat men bilan emas, butun jamoa bilan gaplashing.
– Sen jamoa etakchisi, o'yinchilar uchun namuna va eng muhim sportchisan. Sen o'zinga masuliyatni olishing va namuna bo'lishing kerak.
Ikki kundan so'ng portugaliyalik murabbiyni istefoga chiqarishdi. U bor paytiyoq Benzema jamoa sardori bo'lgandi. Va bu maqomda hali ham turibdi: keyinchalik barcha musobaqalarda bog'ich bilan maydonga chiqdi.
Karimning Saudiya Arabistondagi barcha ishlari yomon ketayotgani haqiqatmi?
Francuzning to'liq kuchini ishga solishi shikoyatlarni yuzaga keltiradi, ammo samaradorlikmas. 24ta o'yindagi 15+6 ajoyib ko'rinmoqda!
Benzema tezda "Al Ittihod"da o'ynab ketdi: Arab chempionlari kubogi (2:1 hisobidagi g'alaba) doirasidagi "Esperans"ga qarshi debyut o'yinida gol+pas qayd etdi. Hujumchi turnir guruh bosqichidagi guruh bosqichi 3+1 va barcha o'yinlardagi gollar urdi – pley-offda esa "Al Hilol"ga qarshi atigi bitta foydalanilmagan penalti va 1/4 finaldan musobaqa bilan xayrlashish. Eng yaxshi to'purarlar orasida ikkinchi o'rin: birinchi o'rinda Ronaldu.
Saudiya Arabistoni chempionati Benzema uchun "Al Raed"ga qarshi assist bilan boshlandi, so'ngra u samarali o'yinlar qayd etdi. Bir necha bor o'yin taqdirini hal qildi: masalan, "Al Ohdud" (1:0) va "Al Taavun" (1:1) bilan o'yinlardagi gollar ochkolar taqdim etdi, "Al Xazem" (2:2)ga qarshi 1+1, "Abxe" (4:2) bilan o'yindagi xet-trik.
Karim hozirda to'qqiz gol bilan ettinchi to'purar, etakchilik 20ta gol bilan Krishtianu Ronalduda. Benzema hattoki "Al Ittihod"da ham eng zo'ri emas – Abderrazak Amdalla bitta ko'p gol urgan, ammo unda assistlar soni kamroq.
Hujumchi Mamlakat kubogida bitta o'yinda gol urdi – "Al Feyxa"ga (3:0) qarshi 1/8 final doirasidagi o'yin so'nggida. Keyingi bosqich fevralda bo'lib o'tadi – unda ikkinchi ligadan "Al Faysali" raqiblik qiladi.
Karim dekabrda klublar o'rtasidagi JCHda "Oklend Siti"ga gol urdi va to'rtta klublar o'rtasidagi JCHda gol urgan tarixdagi ilk o'yinchi bo'ldi. Futbolchi turnirga oltinchi bor tashrif buyurdi va ilk bor "Real"siz.
"Al Ittihod"ni noyabr oyining oxiridan beri argentinalik Marselo Galyardo shug'ullantirmoqda. Benzema uning qo'l ostida ettita o'yin o'tkazdi va uchta to'p kiritdi, ulardan ikkitasi klublar o'rtasidagi JCHda (shuningdek, Misrning "Al Ahli"siga to'p kiritdi) kiritildi. Barchasini chempionatdagi holat qiyinlashtirib yubormoqda: "Al Ittihod" etakchi "Al Hilol"dan 25 ochko ortda qolgan holda ettinchi o'rinda bormoqda – Ronalduning "Al Nasr"igacha 16 ochko bor.
Jamoa so'nggi beshta o'yinda atigi bitta g'alabaga erishdi: aynan "Oklend Siti"ga qarshi, qolganlarida mag'lubiyat. SHuningdek, maydonda markazidagi Fabino va Ngolo Kantedek yulduzlar ham yordam bera olmayapti.
Agar Benzema rostdan ham shunchalik o'zini yo'qotgan bo'lsa, bu katta muammo.
Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar