Saudiya Arabistoni JCH-2030 mezbonligi uchun da'vogarlik qilmoqchi emas

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2023, 08:42
Saudiya Arabistoni JCH-2030ni o'tkazish g'oyasidan voz kechdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misr 2030 yilgi jahon chempionatini birga o'tkazish uchun da'vogarlik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Biroq, Saudiya hukumati bu borada imkoniyatlarni ko'rib chiqqan va Ispaniya, Portugaliya va Marokashning birgalikdagi nomzodini hozircha ortda qoldirish imkoniyati yo'q degan hulosaga kelishgan. 

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Gretsiya va Misrdagi hamkasblari bilan bog'lanib, Saudiya JCH-2030 mezbonligi uchun nomzodini qaytarib olishini ma'lum qilgan. 

JCH-2030 mezboni 2024 yilda aniqlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca