

Avvalroq Saudiya Arabistoni, Gretsiya va Misr 2030 yilgi jahon chempionatini birga o'tkazish uchun da'vogarlik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq, Saudiya hukumati bu borada imkoniyatlarni ko'rib chiqqan va Ispaniya, Portugaliya va Marokashning birgalikdagi nomzodini hozircha ortda qoldirish imkoniyati yo'q degan hulosaga kelishgan.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Gretsiya va Misrdagi hamkasblari bilan bog'lanib, Saudiya JCH-2030 mezbonligi uchun nomzodini qaytarib olishini ma'lum qilgan.
JCH-2030 mezboni 2024 yilda aniqlanadi.



