Sarri: "Xo'jayinlar bitta o'yinga qarab qaror chiqarishadi deb o'ylamayman. Ular butun mavsumni hisobga olishadi"
08 avg 2020 16:45
Yangiliklar
Sarri: "Xo'jayinlar bitta o'yinga qarab qaror chiqarishadi deb o'ylamayman. Ular butun mavsumni hisobga olishadi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Lion" (2:1, ilk o'yin - 0:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ajoyib o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. So'nggi bir necha kun ichida jamoa jonlandi.
Afsuski, ilk o'yin natijasi sabab musobaqani tark etdik, aniqrog'i ilk o'yinning birinchi taymi tufayli. Ushbu musobaqadagi ajoyib o'yindan so'ng ham biz chiqib ketdik.
Xo'jayinlar bitta o'yinga qarab qaror chiqarishadi deb o'ylamayman. Ular butun mavsumni hisobga olishadi. SHartnomam bor, men uning shartlarini hurmat qilaman va hech narsa kutmayman", - deydi Sarri.
Fikrlar