So’nggi yangiliklar

22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  13

Sarri va "CHelsi" munosabatlari yana qancha davom etadi? Yangiliklar

Sarri va "CHelsi" munosabatlari yana qancha davom etadi?

Nega muxlislar "Sarribol"ni bunchalik yomon ko'rishadi?

Ancha tanish vaziyat yana takrorlanmoqda. Klubga yangi bosh murabbiy keladi va muxlislarga uncha yoqmaydigan o'z o'yin uslubini singdirishga harakat qiladi; aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, jamoaning barcha o'rgangan o'yin uslubini o'zgartirishga harakat qiladi. Agar g'alaba hamda sovrinlar bo'lsa xop-xop, lekin ishlar u qadar yurishmay, erishilgan g'alabalar ham qiyinchilik bilan, himoyaviy futbol bilan qo'lga kiritilsa, muxlislarning sabr kosasi oxiri to'lib-toshadi va tribunalarda murabbiy istefosini so'rab kuylar yangray boshlaydi. So'nggi o'n yillikning o'zida bu kabi holatlarni etarlicha ko'rganmiz: "Liverpul"da ishi yurishmagan Roy Xodjson, MYU muxlislariga yoqmagan Devid Moyes va deyarli hech qaerda "ketmoni uchmagan" Sem Ellardays. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin, lekin bugun boshqa bir inson haqida gaplashamiz. 

Avvaliga barchasi ko'ngildagidek ketayotgan va London klubi Mauricio Sarri qo'l ostida yangi davrni boshlaydigandek ko'ringandi. Lekin voqealar rivoji butkul kutilmagan tarzda ketib qoldi. Boshqa tomondan qaraydigan bo'lsak, Sarri avvalroq sanab o'tgan murabbiylardan farqli o'laroq, yangi ish joyida jamoa "futbol o'ynashini" istagandi. Uning futboli to'pga ko'proq egalik qilish, texnik va jismoniy tomondan kuchli talab qo'yiladigan hamda o'tkir hujumlarga asoslangan o'yin hisoblanadi. 

Ammo 2019 yilning birinchi kunlaridan boshlangan turli haqoratli hayqiriqlar mavsum so'ngiga qadar davom etdi va bu stadionda odatiy holga aylanib qoldi. "Aristokratlar"ning ko'plab ishqibozlari, muxlislar guruhi Mourinyuning murabbiylik davri, o'sha vaqtlardagi g'alabalarni sog'inch bilan xotirlashdi. Lekin portugaliyalikning davri ortda qolib bo'lgan va avtobus ketganiga ancha bo'lgandi.

SHubhasiz, muxlislar jamoa keskin hujumlarga tayangan futboliga qarshi chiqishi noyob xodisa. Yaqin o'tmishga nazar tashlasak, shu kabi norozilikka Lui van Gal "Old Trafford"da duch kelgandi. Lekin unda ham vaziyat boshqacharoq va muxlislarning mutaxassisga bo'lgan nafrati Londondagidek emasdi. 

Futbol o'zgarmoqda va bugungi kunga kelib, murabbiyning faoliyati nafaqat jamoaning natijalariga, balki ko'rsatilayotgan o'yinga ham bog'liq bo'lib boryapti. Ha, shu kunlarga ham etib keldik. Sarri qo'l ostidagi "CHelsi" va Lui van Gal boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o'yinlarini ko'rsangiz, birinchisi yorqinroq ekanini sezish qiyin emas. 

Balki muxlislarning bunday munosabatiga, havotiriga bosh murabbiylarning juda tez o'zgarayotgani ham sababdir. Axir barcha unga ishonsa-yu, ammo ertagasiga u ketib qolsa jamoaning holi ne kechadi?! Balki "ko'klar" rahbariyati qarashini o'zgartirib, qiyinchiliklar va natijalarga qaramay, ikki-uch yil imkon berish kafolati bilan murabbiy tanlashlari kerakdir?! Kim biladi deysiz, balki shundan keyin "CHelsi" uchun yangi davr boshlanar...

Ingliz ekspertlaridan biri Mark Uorall vaziyatga munosabat bildirar ekan: "CHelsi" muxlislariga "King's Road" uslubi yoqadi va ular o'z murabbiylariga alohida munosabatda bo'lishadi". "Konte va Mourinyu tezda ularning ishonchini qozonganining sababi, har ikki murabbiy vaziyatga qarab ish tutardi. Sarri — esa o'zga olam. U klassik uslubdan ko'ra, sport kiyimlarini xush ko'radi va hech qachon ommaga butkul ochilishga harakat qilmagan".

"N'Golo Kantening maydondagi joyini almashtirish, Jorjinoning o'yinlariga qaramay, asosiy tarkibga kiritilishi, muxlislar istaganidek Ruben Loftus-CHik va Kallum Xadson-Odoiga etarli o'yin amaliyoti taqdim etmaslik, "Manchester Siti" (6-0) va "Bornmut"dan (4-0) qabul qilib olingan qaqshatqich zarbalar "##### Sarribol"ga zamin yaratgan bo'lsa, oxirgi 45 yillikdagi eng kuchsiz "Manchester Yunayted"ga yutqazib qo'yilgan uchrashuv (2:0) hamasidan oshib tushdi.

APLda mavsum yakunlandi, Eden Azar faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazdi, "CHelsi" kuchli uchlikdan joy oldi. Lekin murabbiyning "kursisi qimirlashda" davom etmoqda. Oldinda jamoani Evropa Ligasi finali kutib turibdi. "Sarribol" uchun navbatdagi sinov. Buyog'iga voqealar quyidagicha rivoj topishi mumkin: 1) "CHelsi" Kubokni qo'lga kiritadi va barcha ginalar unutiladi; 2) Italiyalik murabbiy "Arsenal"ga yutqazadi va istefoga chiqariladi.

Hattoki, g'alaba ham Sarrining klubdagi kelajagining kafolati bo'la olmaydi. Muxlislarning "jim bo'lib" qolishi faqatgina Sarrining safari oxirlab qolganiga ishonch tufaylidir. Hozirdan "CHelsi"ga befarq bo'lmagan insonlar, bosh murabbiy lavozimida "Derbi"ni CHempionshipdan APLgacha olib chiqqan (bugun "Derbi" uchun hal qiluvchi o'yin)  klub afsonasi Frenk Lempardni ko'rishmoqda.

Yoki barchasi shunchaki mish-mishligicha qolib, Mauricio Sarri xulosa chiqaradi va keyingi mavsumni omadli o'tkazib, muxlislar murabbiy "Stemford Bridj"da qolgani uchun rahmat aytishadimi? 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика