So’nggi yangiliklar

00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  0 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  20 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  37 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  7

Sarmoya samarasi qani? Yangiliklar

Sarmoya samarasi qani?

Muayyan bir transferning nechog'li omadli chiqqani yoki behudaligi malum muddat, loaqal bitta to'liq mavsumdan keyin oydinlashadi.

Lekin xaridning muvaffaqiyatli ekanligiga shubha uyg'onishi uchun bir necha oy etarli. Soccer.ru sayti aynan  oxirgi transferlar mavsumida amalga oshirilgan kelishuvlarga nazar solib,  ular orasidan shunday shubha uyg'ota boshlaganlarini aniqladi.

Genrix Mxitaryan

Xaridor: MYU

Masala bahosi: 42 mln. evro


Nima uchun foydasiz? MYU haqidagi malumotlarni aynan Mxitar­yan o'zining tanish jurnalistlari orqali oshkor qilganiga ishongingiz kelmaydi. To'g'ri, Lyuk SHou ham gumon ostida. Xoinni aniqlashga qasd qilgan Joze Mourino armanistonlik futbolchiga umuman imkoniyat bermayapti. Genrix hattoki, Liga kubogi bahslarida ham maydon yuzini ko'rmayapti. Albatta, unga jarohati ham xalaqit berayotgan bo'lishi mumkin. Biroq Mouning Mxitar­yanga nisbatan bugungi munosabati qimmatbaho xaridning samara berishini shubha ostida qoldirmoqda. Ha, bir savol kishini qiynaydi: o'tgan mavsum bundesligada eng yaxshi futbolchi maqomini olgan Genrix nahotki, APL shiddatiga yaramasa?

Nima qilish kerak? Kagava voqeasi takrorlanmaydi - Genrix uchun ortga yo'l yo'q. Zero, uning Borussiya bilan xayrlashuvi mojaroli bo'lgandi. Afsus, shunday ajoyib futbolchi va risoladagidek yigitga Manchesterda omad kulib boqmayapti. Ehtimol, u hali tarkibdan joy olish uchun yanada kuchliroq tirishqoqlik namoyish etar? Axir Joze deylik, Xuan Mataga nisbatan  nafratini engib, unga muruvvat ko'rsatish ilojini topdi-ku...

Mishi Batshuayi

Xaridor: CHelsi

Masala bahosi: 39 mln. evro


Nima uchun foydasiz? Bu ro'yxatdan Lukas Peres ham joy olishi mumkin edi. Biroq Mishi undan ancha qimmat narxda sotib olingan. Belgiyalik futbolchining sport  formasi talab darajasida emas va shuning uchun unga asosiy tarkibdan joy topilmayapti. Xullas, Mishi ayni payt oldingi chiziqda Diego Kostaga munosib raqobat ko'rsatolmayapti. Aslida u barchasini Uotford darvozasiga gol urish bilan boshladi, biroq omadli startni davom ettirolmadi. Antonio Konte belgiyalik shogirdining foyda keltirishiga ishonmayapti, chog'i, uni ahyon-ahyonda maydonga tushirmoqda. Boz ustiga, Mishi safga qo'shilganida ham maydonda borligini bilintirolmayapti, jamoa o'yiniga moslasholmayapti. Xullas, o'tgan mavsum Franciyada tinmay gol urgan Batshuayi yana malum muddat zaxirada o'tirgach, xuddi Fabregas kabi boshqa jamoaga o'tish haqida bosh qotira boshlasa, ajabmas.

Nima qilish kerak? APLning 6tagina uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, jami bir soatdan ko'proq vaqt harakatlangan futbolchi o'z omadini boshqa joydan qidirgani maqul. Umuman olganda, faqat CHelsi kabi jamoalargina iqtidorli, ammo zaxirada o'tirishdan boshqasiga yaramaydigan hujumchi uchun katta mablag' sarflashlari mumkin. Deylik, ko'klarning hozirgi xulosalariga ko'ra, Batshuayi hujum qiroli - Kostadan zaifroq. Unga imkoniyat berishmayotganini boshqacha izohlash mushkul.

Xotam Ben Arfa

Xaridor: PSJ

Masala bahosi: - (erkin agent)


Nima uchun foydasiz? Qiziq, Spartakda Artyom Dzyuba va uning sheriklariga duch kelish orqali achchiq tajriba to'plagan Unai Emeri og'ir tabiatli Ben Arfadan nima kutgandi? Vaqtida yorqin hujumkor yarim himoyachilar qatorida yurgan bu futbolchi ham sabr qilish, mashg'ulotlarda ter to'kib, qo'lidan ko'p narsa kelishini isbotlashga majbur. Axir u Nicca tarkibidan joy olib, xuddi shunday qilgandi. To'g'ri, bu masalada murabbiyni ayblashga asos yo'q. Zero, sport  formasi talab darajasida bo'lmagan Ben Arfa mashg'ulotlarda ham jon kuydirmayapti. SHunday bo'lgach, Emeri uni maydonga tushirmaydi-da. Boz ustiga, ayni payt PSJning ishlari unchalik yurishmayapti.

Nima qilish kerak? Parijliklar 25 mln. evro evaziga xarid qilishgan Xesegina kasbdoshi o'rnini to'ldirishga qodir. Ko'rinib turibdi, klub Xatemni tezda sotishi lozim. Harqalay, PSJning uni yo'lga solishiga ishonch past. Mana, Dide Desham bu futbolchini nima sababdan Evro-2016 ishtirokchilari safiga qo'shmaganligi endi oydinlashmoqda. Janjalni xush ko'radigan, tili uzun futbolchilarning kerakli payt o'zlarini jilovlashlari juda mushkul ish. Bunday o'yinchilardan barqarorlik kutish yaramaydi.

Pako Alkaser

Xaridor: Barselona

Masala bahosi: 30 mln. evro


Nima uchun foydasiz? Bir qator umidli yoshlarni safiga qo'shib olgan Barselonani faqat olqishlash mumkin. Evropa chempioni - Andre Gomesh, shuningdek, Samuel Yumtiti va Lyuka Din vaqti kelib etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. Ammo Pako Alkaser anchayin murakkab vaziyatga tushib qoldi. U Lionel Messi, Luis Suares va Neymardek nahanglar bilan raqobatlashishga majbur. SHu sababli ham, transferi behuda xarajatdek ko'rinmoqda. Axir hozirgi holatda mashhur trioga bas kelish osonmi? Xullas, Alkaserning o'yin amaliyotidan chetda qolib, sport formasini yo'qotishi ehtimoli baland. Oqibatda u xuddi Munir kabi kutishdan boshqa chora topolmay azoblanmasa bo'lgani.

Nima qilish kerak? Gomesh, Din va Yumtiti biroz sabr qilishsa, hammasi iziga tushib ketishi mumkin. Denis Suares ham o'z o'rnini topar, harqalay, unda imkon bor. Lekin Pakoning Barselonada gol urish o'rniga zaxira o'rindig'i  bezagiga aylanishi xavfi ko'proq, baribir.

David Luiz

Xaridor: CHelsi

Masala bahosi: 38,5 mln. evro


Nima uchun foydasiz? Hammasi oddiy - bu futbolchi uchun qovun tushirish odat tusiga kirgan. Qaysi poziciyada o'ynashidan qatiy nazar, tezda o'z o'rnida yo'qotib qo'yadi. Aytishlaricha, parijliklar Davidning CHelsiga qaytishini taminlagan kishi haqqiga shamlar yoqib, duolar qilishgan. To'g'ri, braziliyalik himoyachi turli qiliqlari bilan muxlislar kayfiyatini ko'tarishga juda usta. Lekin maydonda haddan ortiq xatolarga yo'l qo'yishi bor gap. Misol uchun, u  Vest Xemga qarshi Liga kubogi bahsida raqib hujumchilariga umuman qarshilik ko'rsatmadi, hattoki, MYU yirik hisobda mag'lubiyatga uchratilgan ajoyib o'yinda maydondan chetlatilishiga sal qoldi. Umuman, David oxirgi vaqtlarda o'ziga xos o'yinni ko'rsatolmayapti. Harqalay, u avvallari ancha ishonchli to'p surardi.

Nima qilish kerak? Nima ham derdik, CHelsi kattagina mablag' evaziga o'ziga ortiqcha muammo sotib oldi. Jamoa rahbariyati qishda qandaydir o'zgarishlar yasashga urinib ko'rsa kerak. Lekin Luiz salkam 40 million evrolik bahoga loyiq emas. Demak, CHelsi undan qutulishni istagan taqdirda, ozgina achchiq chaynashga majbur bo'ladi. Axir beqaror futbolchiga qaysi ahmoq xaridor 35-40 million evro beradi?

Leroy Sane

Xaridor: Manchester Siti

Masala bahosi: 50 mln. evro


Nima uchun foydasiz? Hali ancha yosh ekanligi va o'yin uslubi tufayli. Germaniyalik iqtidor hozircha 50ta limon darajasida to'p surishga qodir emas. Ehtimol, Sitida CHelsining o'z davridagi Kevin de Bryuynesi paydo bo'lgandir? Hechqisi yo'q, unda Germaniyaga qaytish imkoni bor. SHundan so'ng qachondir Liverpul yoki MYU safidan joy olar balki? Fakt shuki, hozirda uning uchun tarkibda bo'sh o'rin yo'q. Axir oldingi chiziqning barcha poziciyalari band. SHunday ekan, Sanening APLdagi debyut mavsumida etarli o'yin amaliyoti hosil qilishi mushkul. O'zi suygan uslubda to'p surishiga esa, Xosep Gvardiola sira yo'l qo'ymasa kerak.

Nima qilish kerak? Futbolchini loaqal ijara kelishuvi asosida bosh-qa jamoaga yuborish yoki unga nisbatan munosabatni sal o'zgartirish lozim. Tan olish kerak, Sanega xaridorlar ko'p edi va ular orasida shaharliklar ustamonlik qilishdi. Endi shunga yarasha, iqtidorli yigitdan unumli foydalanish yo'lini topishlari shart. Lekin hozircha buning belgisi ham sezilmayapti.

Pol Pogba

Xaridor: MYU

Masala bahosi: 105 mln. evro


Nima uchun foydasiz? Pol Pogbaning qanday o'ynashi boshqa ijrochilar harakatiga bevosita bog'liq. Zero, u maydonda qora ishlar­ni bajarishga odatlanmagan. Pol ayni payt nafaqat transfer narxi nuqtai nazaridan, balki samara keltirish bobida ham bo'lajak etakchi missiyasini uddalolmayapti. MYUning CHelsiga alamli tarzda yutqazadigan, Gvardiola boshqaruvidagi Manchester Sitining zaxira tarkibi ustidan erishilgan g'alabani xuddi CHL yarim finalidagi zafardek tantana qiladigan ayanchli holatdan olib chiqish uchun Mourinoga Antuan Grizmann yoki unga o'xshagan etakchi kerak. Aynan shu vazifani ado etishi kutilgan, Yuventus va Mino Rayola ishtahasini qondiradigan mablag' evaziga xarid qilingan Pog-ba esa ishonchli sira oqlamayapti. Ha, futbolkalar savdosi ko'ngildagidek, biznes rivoji yaxshi. Biroq futbol masalasi-chi? Mazkur kelishuv o'ta noo'rin. Boz ustiga, Pol markaziy himoya chizig'ida to'p surishga hech qachon ko'nmaydi - bu aniq. Har holda, u Joze o'ylaganchalik birovning maslahatiga quloq soladigan yigit emas.

Nima qilish kerak? Yangi futbolchilar uchun ko'proq mablag' sarflash lozim. Pogba ham qachondir kuchliroq o'yin ko'rsatadi. Lekin hozircha noyob iqtidorini to'la ishga sololmayapti. Tan olish kerak, uning raqibdan to'pni tortib olayotgan, aniq uzutmalarni amalga oshirayotgan lahzalari yo'q emas. Lekin ikkinchi tomondan, loaqal Gonsalo Iguain Yuventusga moslashganchalik darajani ko'rsatolmayapti. Pol uchun sarflangan sarmoyaga Ander Errera saviyasidagi 3 nafar futbolchini xarid qilish mumkin edi va futbol nuqtai nazaridan olganda, bu MYUga ko'proq manfaat keltirardi, ehtimol. O'zi Pogbaning transferi yozdayoq shubha uyg'otgandi. Uning hozirgacha namoyish etgan o'yinlari esa shubhalarni tarqatish o'rniga yanada kuchaytirib yubordi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика