So’nggi yangiliklar

13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  0 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  2 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  5 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  14 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  2 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  14 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  17 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1

Sardorbek Azimov: "Lushan o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytardi" Yangiliklar

Sardorbek Azimov: "Lushan o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytardi"

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Sardorbek Azimov 2018 yilgi mavsumni "So'g'diyona" klubida ijarada boshladi. Futbolchi Jizzax jamoasida asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi.

Aynan u "So'g'diyona"ning Superligadagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi.  Bundan tashqari Superliganing 8-turida"Qo'qon-1912" bilan bahsda Azimov jamoasiga bir ochko keltirgan golga mualliflik qildi. Biz yarim himoyachi bilan mavsum starti haqida suhbatlashdik.

- Bu yilgi mavsum "So'g'diyona" uchun ijobiy boshlanmadi...

- To'g'ri, mavsum biz uchun u qadar ko'tarinki ruhda boshlanmadi. Dastlabki turda Toshkentda "Paxtakor"ga yutqazdik, keyin o'z maydonimizda Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan durang qayd etdik. Biz o'ylagan rejalar amalga oshmadi. O'zimizni qiyin ahvolga tushirib qo'ydik. SHu bois mavsum biz o'ylagadek boshlanmadi. Ammo sekin-asta ijobiy natijalarni qo'lga kiritishni boshladik.

- Mochinovga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Aleksandr Mochinovni yoshligimdan buyon taniyman. U "Bunyodkor" akademiyasida ham murabbiyim bo'lgan. Mochinov oliy ligada ko'p ishlamagani uchun tajriba etishmadi deb o'ylayman. Ammo "So'g'diyona" uchun borini berdi, borini berib ishladi. Fursatdan foydalanib ushbu murabbiyga rahmat aytaman, bu insondan juda ko'p narsa o'rganganman.



- Jizzaxlik muxlislar haqida qanday fikrdasiz?
- Juda talabchan. Jizzaxlik muxlislar har bir o'yinni qoldirmay kelishadi. "Neftchi" bilan kuchli shamol bo'ldi, "Metallurg" bilan kubok doirasidagi bahs kuchli yomg'ir ostida o'tdi. SHunga qaramay muxlislarimiz stadionga kelib bizni uchrashuv oxirigacha qo'llab turishadi. SHunday jonkuyar muxlislari bor jamoada o'ynayotganimdan xursandman.

- Sergey Lushan bilan "Bunyodkor"da ham ishlagansiz. U "So'g'diyona"da birinchi navbatda nimani o'zgartirdi?

- O'zimizga ishonishimiz kerakligini o'rgatdi. Bizni qo'llab quvvatladi. O'zimizga ishonishimizni bot-bot takrorladi. Bizning o'yinimizni anchadan buyon kuzatib yurgan ekan. Aynan ishonch yo'qligi bois bir nechta o'yinlarda yutqazganimizni aytib o'tdi.

- Superligadagi o'zgarishlar haqida fikringiz...
- O'zgarishlar haqida fikrim ajoyib, juda ajoyib. Ayniqsa SPORT telekanalida o'yinlarni jonli olib berilishi ajoyib yangilik bo'lmoqda. Mana mart oyining eng yaxshilari taqdirlandi. Har oyda futbolchilar men ham shu sovrinni olaman deb harakat qiladi, o'sish bo'ladi. Oldingi sovrindor esa buni o'zida saqlab qolishga intiladi.

- "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvi haqida so'ramasak bo'lmaydi. Bunday g'alaba qanday qo'lga kiritildi?

- Ushbu o'yinga 2 kun qolganida Sergey Lushan jamoani qabul qilib olgandi. SHu ikki kun ichida murabbiy o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarib berdi. Tanaffus chog'ida murabbiy quyidagi sehrli so'zlarni aytdi: "0:2 bu hali mag'lubiyat emasligini, jamoalar bunday natijadan keyin 3:2, 4:2 hisobida yutib ketgan. O'zingizga ishoning va futbol o'ynanglar". SHu so'zlardan so'ng biz ikkinchi taymda irodali g'alabaga erishdik.

- Mavsumning dastlabki turlarida o'zini ko'rsatgan futbolchilar kimlar?

- Menimcha Superligada hamma futbolchi o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatmoqda deb o'ylayman. Barcha o'zining borini berib o'ynamoqda.


- Bu mavsum uchun Sardorbek Azimovning shaxsiy maqsadi qanday?

- Mavsumdagi maqsadlarim yuqori. O'z vazifamni alo darajada bajarish. Qanot yarim himoyachisi nima qilishi kerak? Hujumchilarga golli vaziyatlar yaratib berishi lozim. SHunday ekan hujumchilarni ko'proq qulay vaziyatlarga chiqarishga urinaman.

- Evropa chempionlar ligasida finalga qaysi klublar chiqadi deb o'ylaysiz?

- O'zim "Real Madrid"ga muxlislik qilaman. Bu yilgi finalga aynan Madrid klubi chiqadi deb o'ylayman. Nasib qilsa "Real" ketma-ket uchinchi marta ushbu sovringa ega chiqadi va o'ziga xos "xet-trik" qayd etadi. Menga qolsa "Liverpul" finalga chiqsa yaxshi bo'lardi. CHunki hamma bu yil "Liverpul" chempion bo'ladi demoqda. SHu bois finalga chiqsin finalda "Real" mag'lub etsin. SHunda hamma tan beradi Zidan jamoasiga.

- Jahon chempionatida kimga muxlislik qilasiz?

- Bu yil mundialda Portugaliyaga muxlislik qilaman. Ronaldu boshchiligidagi jamoa Jahon chempionatida ham munosib ishtirok etsa kerak.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика