JAR murabbiyi JCH-2026 dagi Meksika bilan uchta qizil kartochka ko'rsatilgan o'yindan so'ng hakamlik haqida gapirdi

12 iyun 2026, 07:33
JAR terma jamoasi bosh murabbiyi Ugo Broos JCH-2026 ning ochilish o'yinida Meksikadan qabul qilingan mag'lubiyat (0:2) haqida fikr bildirdi.

Takidlash joizki, Afrika jamoasi chetlatishlar sababli o'yinni to'qqiz kishi bo'lib yakunladi.

"Birinchi qizil kartochka borasida, nazarimda, bahslashadigan hech narsa yo'q. Ammo ikkinchi epizodda, mening fikrimcha, meksikalik futbolchi mening o'yinchimni bloklab qolgan edi. Futbolda bunaqasi bo'lib turadi, biroq hakam boshqacha qaror qabul qildi. O'yinni to'qqiz kishi bo'lib tugatishga majbur bo'lganimiz biroz achinarli.

Hisoblaymanki, jamoam yaxshi o'yin o'tkazdi. Bazi vaziyatlarda meksikaliklar hatto dovdirab qolishdi va bo'sh hududlarni qanday topishni bilishmadi. Umuman olganda, hammasi yomon emasdi. Keyingi o'yingacha yaxshilashimiz kerak bo'lgan yagona jihat - to'p bilan harakat qilishdir. Bugun bu ishni eng yuqori darajada bajara olmadik, shu bois buning ustida ishlashimiz kerak", - deya Broosning so'zlarini keltiradi BBC.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC