So’nggi yangiliklar

23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  0 22:41АПЛ. "Челси" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  1 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  4 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  7 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  19 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  5 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2

Sanjar Tursunov: "Superliga startigacha tayyor bo'laman" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Superliga startigacha tayyor bo'laman"

Yaqinda jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazgan Sanjar Tursunov ayni paytdagi holati, Turkiyadagi yig'inlar va tiklanish jarayoni haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Umuman, bu jarohat o'tgan mavsum oxirlarida bezovta qilishni boshlagandi. 4-5 ta uchrashuvda qiynalib o'ynadim. Malum vaqt dam olishdan so'ng o'tib ketadi, deb o'ylagandim. Ammo bunday bo'lmadi. Keyin bilindiki, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezildi. Xudoga shukrki, barchasi yaxshi o'tdi. Kechadan tiklanishni boshladik", – dedi Sanjar Tursunov. 

- Germaniyada sizga Odil Ahmedov hamrohlik qildimi?

- Ha. Odil Ahmedov bilan birga bordik va qaytdik.



- Reabilitaciya jarayoni qanday ketyapti? 

- Ko'rgan bo'lsangiz, yangi jismoniy tayyorgarlik bo'iycha murabbiy Aleksandr Stoymirovich bilan shartnoma qildik. Reabilitaciyani ushbu mutaxassis bilan qilyapman. 

- Qachon safga qaytasiz?

- 2 xaftalarda umumiy guruhga qaytaman, degan umiddaman. Xudo xohlasa, Superligagacha tayyor bo'laman. 

- Antaliyadagi mashg'ulotlar qanday ketyapti?

- Barcha sharoitlar bor. Yangi futbolchilar kelganiga endi 2 kun bo'ldi. 1-2 xaftadan keyin ularning darajasini ko'rishimiz mumkin. 

- OCHL pley-off uchrashuviga ham tayyorgarlik ketyaptimi?

- Faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. O'sha pallada yaxshi formada, optimal holatda bo'lib tursak, hammasi yaxshi kechadi. 

- Ayni paytda "Metallurg"dan tashqari barcha jamoalar Turkiyada. Boshqa jamoalardagi o'zgarishlarda sizni xayron qoldirayotgan jihatlar bormi?

- To'g'risini aytsam, xayron qoldiradigan jihat ko'rmadim. Oldin kam jamoalar xorijga chiqardi. Bu erda hamma narsa bor, raqiblar topish oson.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика